Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi aviaqatnovlar köpaytiriladi

eʼlon qilindi
Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent yönalişlarining har birida haftasiga 60 tagaça reys amalga oşiriladi
Fotо: News.Myseldon

Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent yönalişlarining har birida haftasiga 60 tagaça reys amalga oşiriladi. Bu haqda Qozoğiston Transport vazirligi ma’lum qildi.

Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent

Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent yönalişlarining har birida haftasiga 60 tagaça reys amalga oşirişga ruxsat beriş böyiça kelişuvga erişdi. Ammo yangi limitlarning qaçondan kuçga kirişi oçiqlanmagan.

Kelişuv Toşkentda «Xitoy – Markaziy Osiyo» (C5+1) fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik işçi guruhi konferensiyasi doirasida ötkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda e’lon qilingan. Muzokaralarda tomonlar havo qatnovini kengaytiriş, muntazam reyslar çastotasini oşiriş va ikki mamlakatning yirik şaharlari örtasidagi aviaqatnov imkoniyatlarini yaxşilaş masalalarini muhokama qilgan.

Boşqa yönalişlarda ham reyslar köpayadi

Olmaota – Toşkent va Ostona – Toşkent yönalişlaridan taşqari, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi boşqa yönalişlarda ham ruxsat etilgan reyslar sonini haftasiga 14 tadan 20 tagaça oşirişga kelişilgan. Qozoğiston Transport vazirligi yangi kelişuv talab yuqori bölgan yönalişlarda aviatashuvlar taklifini oşiriş imkonini berişini bildirdi.

Bunda haftasiga 60 ta reys haqidagi kelişuv amalda darhol şunça parvoz bajarilişini anglatmaydi. Gap aviakompaniyalar uçun ruxsat etilgan maksimal reyslar sonini oşiriş haqida bormoqda.

Avvalroq Turkiyaning Pegasus Airlines loukoster aviakompaniyasi Özbekistonning Andijon, Buxoro va Termiz şaharlariga muntazam parvozlarni yölga qöygani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek