Özbekiston bilan öynaş biz uçun yutuq — Rossiya terma jamoasi boş murabbiyi

eʼlon qilindi
Örtoqlik uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida bölib ötadi
Foto: Rossiya futbol ittifoqi

Rossiya milliy terma jamoasi boş murabbiyi Valeriy Karpin Özbekiston terma jamoasini munosib raqib deb atadi. Uning fikriça, hozirgi şaroitda Özbekistonga qarşi örtoqlik uçraşuvini taşkil etiş Rossiya futboli uçun yutuq hisoblanadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Karpin noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Özbekiston va Venesuelaga qarşi ötkazadigan uçraşuvlar haqida fikr bildirdi.

«Raqiblarga kelsak, öylaymanki, hozirgi şaroitda bizning yoki Rossiya futbol ittifoqining imkoniyatlarini hisobga olsak, Özbekiston terma jamoasiga qarşi öynaşimizning özi yutuq. Bu jamoa sönggi jahon çempionati iştirokçisi. Venesuela esa jahon çempionatiga çiqiş uçun oxirigaça kuraş olib bordi. Şu bois har ikkisi juda munosib raqib, ayniqsa, hozirgi şaroitda», – dedi Karpin.

Özbekiston va Rossiya qaçon öynaydi?

Ikki terma jamoa örtasidagi örtoqlik uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida bölib ötadi. Bahs mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boşlanişi rejalaştirilgan.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingida Rossiya 35, Özbekiston 59, Venesuela esa 49-örinda qayd etilgan. Rossiya terma jamoasi Özbekiston bilan öyindan söng 17-noyabr kuni Krasnodarda Venesuelani qabul qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston va Rossiya terma jamoalari 12-noyabr kuni Toşkentda örtoqlik uçraşuvi ötkazişi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek