Toşkentda tuğilgan Sergio Gor AQŞ davlat kotibi bölişi mumkin

Toşkentda tuğilgan AQŞning Hindistondagi elçisi Sergio Gor AQŞ davlat kotibi lavozimiga ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida muhokama qilinmoqda. Bu haqda The Washington Sun xabar berdi.
Naşr ma’lumotiga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida oraliq saylovlardan keyin kadrlar özgarişi muhokama qilinmoqda. Gorning nomzodi davlat kotibi Marko Rubio örniga Oq uy apparati rahbari yoki davlat kotibi örinbosari lavozimlari uçun tilga olinmoqda.
Sergio Gor xabarni rad etdi
The Washington Sun yozishicha, ayrim Davlat departamenti vakillari va respublikaçi doiralarda Rubio kelajakdagi prezidentlik kampaniyasiga tayyorlaniş uçun hukumatni tark etişi mumkinligi haqida taxminlar mavjud. Biroq Rubioning özi lavozimdan ketiş niyatini oçiqlamagan.
Sergio Gor esa yangi lavozimga qiziqayotgani haqidagi ma’lumotni keskin rad etdi. U Rubioni «almashtirib bölmaydigan» davlat kotibi deb atab, boşqa lavozimga qiziqmasligini bildirdi. Davlat departamenti vakili ham bu ma’lumotlarni anonim manbalarga asoslangan miş-mişlar deb atadi. Oq uy vakili esa xabarni «soxta» deya baholadi.
Sergio Toşkentda tuğilgan
Sergio Gorning kelib çiqişi haqida 2025-yilda OCCRP va Times of Malta tadqiqot ötkazgan. Ular notarial tasdiqlangan Malta mulk hujjatiga tayangan holda, Gor 1986-yil 30-noyabrda Toşkentda Sergio Gorokhovsky nomi bilan tuğilganini aniqlagan. Öşa vaqtda Toşkent Özbekiston SSR tarkibida edi.
Gorning advokati Robert Garson ham uning Toşkentda tuğilganini tasdiqlagan. Gorning özi esa ilgari tuğilgan joyi haqidagi savollarga javob berişdan böyin tovlagan.
Hozir Sergio Gor AQŞning Hindistondagi elçisi hamda Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakil sifatida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq Sergio Gor iştirokida Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining birinçi yiğilişi ötkazilgani haqida xabar berilgan edi.