Toşkentda ovqatdan zaharlangan qozoğistonlik futbolçilar vataniga qaytdi

Özbekistonga futbol musobaqasida qatnaşiş uçun kelib, salomatligi yomonlaşgani sabab şifoxonaga yotqizilgan qozoğistonlik yoş futbolçilar vataniga qaytdi. Bu haqda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bolalarda qayt qiliş va iç ketişi kuzatilgan
Avvalroq xabar berilganidek, Toşkentda ötkazilgan «Döstlik Cup – 2026» xalqaro futbol festivalida qatnaşayotgan qozoğistonlik futbolçilarda isitma, qayt qiliş va iç ketişi kabi alomatlar kuzatilgan. Dastlabki holatlar joriy yil 30-oktabr kuni nonuştadan keyin paydo bölgan. Keyinçalik öxşaş alomatlar boşqa iştirokçilarda ham kuzatilgan va ayrim futbolçilar 1-noyabrdagi final öyinlarida qatnaşa olmagan.
Ota-onalar bunga mehmonxonadagi ovqat sabab bölgan bölişi mumkinligini aytgan, biroq o‘şa paytda zaharlanişning rasmiy sababi e’lon qilinmagan edi. Jami 20 kişiga «ötkir diareya» dastlabki taşxisi qöyilgan, 18 nafar bemor şifoxonada qolayotgan edi. Sanitariya mutaxassislari iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olib, laboratoriya tekşiruvlarini boşlagan.
Sportçilarning holati yaxşilangan

Yoş sportçilarga tibbiy yordam körsatilganidan söng ularning ahvoli yaxşilangan. Şundan keyin barça futbolçilarga şifoxonadan javob berilgan. Tibbiyot xodimlari futbolçilarni kuzatib, ularga mustahkam soğliq va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilagan. Ammo Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bugungi kunga qadar laboratoriya tekşiruvlari natijalari haqida biror ma’lumot e’lon qilinmagan.
Eslatib ötamiz, mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining sanitariya qonunçiligini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş bilan boğliq 257¹-moddasi asosida jinoyat ishi qözğatilgani xabar berilgan edi.