Toşkentda alimentdan qarzdor 9 kişi 15 sutkaga qamaldi

eʼlon qilindi
Çilonzor tumanida alimentdan qarzdor 18 nafar fuqaroga nisbatan sayyor sud majlislari ötkazildi
Foto: mibtoshahahar

Toşkentning Çilonzor tumanida alimentdan qarzdor 18 nafar fuqaroga nisbatan sayyor sud majlislari ötkazilib, ulardan 9 nafariga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Toşkent şahar boşqarmasi ma’lum qildi.

Sayyor sudlar 2026-yil 3-noyabr kuni tuman prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi, Içki işlar organlari hamda jinoyat işlari böyiça tuman sudi iştirokida ötkazilgan.

9 nafar qarzdor 135 mln sömdan ortiq aliment töladi

Foto: mibtoshahahar

Sud jarayonida 3 nafar qarzdor jami 108 mln 562 ming sömdan ortiq aliment qarzini töliq tölagan. Yana bir fuqaro 26 mln 725 ming sömlik qarzdorligini tölagani sabab unga nisbatan ma’muriy iş tugatilgan.

Şu tariqa sud jarayonlari davomida 9 nafar qarzdor tomonidan jami 135,3 mln sömga yaqin aliment qarzi tölangan. Yana 2 nafar fuqaroning oilaviy yaraşuvga erişgani sabab ijro işlari tamomlangan, 3 nafar qarzdorga esa tölovlarni amalga oşiriş uçun muddat berilgan.

Ma’lumotga köra, 2026-yilning dastlabki 10 oyida Majburiy ijro byurosining Çilonzor tumani bölimi iş yurituvida aliment undiruviga oid 3 274 ta ijro hujjati bölgan. Ularning 764 tasi böyiça 43,1 mlrd söm undirilgan. Qolgan 2 510 ta ijro işi böyiça undiruv çoralari davom etmoqda.

Avvalroq «Dok-1 Maks» dori vositasidan jabrlangan 85 nafar fuqaro foydasiga sud hujjatlari asosida 78 mlrd söm undirilişi belgilanganligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek