Eng katta javobgar menman — Şahzoda Muhammedova «Imarat Development» işi böyicha audio e’lon qildi

eʼlon qilindi
Audioyozuvda Jasur Azizov va Marat Hamdamov kompaniya loyihalari, kreditlar, investorlar va moliyaviy majburiyatlarni muhokama qilgan
Foto: Şahzoda Muhammedova instagram sahifasidagi videodan skrinşot

Aktrisa Şahzoda Muhammedova instagram sahifasida «Imarat Development» atrofidagi mojaro yuzasidan telefon suhbatidan yozib olingan audioyozuvni taqdim qildi. Uning aytişiça, yozuvda biznes hamkorlari Jasur Azizov va Marat Hamdamov kompaniya loyihalari, kreditlar, investorlar va moliyaviy majburiyatlarni muhokama qilgan.

Azizov biznesdan çiqmoqchi ekanini aytgan

Yozuvning dastlabki qismida Azizov deb körsatilgan ovoz biznesdan çarçagani, öz uluşini sotib çiqib ketişga tayyorligini aytadi. U katta miqdordagi mablağga da’vo qilmayotgani va asosiy maqsadi «tinçlik» ekanini ta’kidlaydi.

«Kimdir real taklif bersa, foydamni beraman, bölib-bölib bersa ham çiqib ketaman. Menga katta pul ham kerak emas. Çarçab qoldim», – deyiladi audioyozuvda.

U, şuningdek, ayrim mol-mulklarini, jumladan, Dubaydagi köçmas mulklarini sotişga ham tayyorligini aytadi. Yozuvda uning qölida katta miqdorda naqd pul yöqligi, qarzlarni yopiş va kelib tuşadigan mablağlarni rejalaştiriş zarurligi haqida ham gap boradi.

Hamdamov yangi kreditlarga qarshi çiqqan

Marat Hamdamov deb körsatilgan ovoz kompaniya loyihalariga qöşimça kredit olişga qarşi ekanini bildiradi.

«Men har bitta loyihada uluşdorman va har bitta loyiha uçun boşimni tikib qöygan odamman. Heç qaysi loyihaga kredit olişingizga yöl qöymayman, – deyiladi yozuvda.

Uning fikriça, qurilişlar dastlab mijozlardan tuşgan mablağlar hisobiga davom ettirilişi kerak. Hamdamov deb körsatilgan ovoz qöşimça kreditlar olinişi haqida bilsa, mijozlarni ogohlantirişini ham aytadi.

Yozuvda «Tuzel Park» loyihasi va Jahongir ismli investor ham tilga olinadi. Hamdamov deb körsatilgan ovoz uşbu investorning kelişidan xabardor bölmaganini va unga rozilik bermaganini aytib, uning moliyaviy imkoniyatlariga şubha bildiradi.

Şuningdek, u yangi investorni Jasur Azizovning ukasi deb ataydi va uning avvalgi loyihalardagi faoliyatini tanqid qiladi. Bu da’volar audioyozuvdagi bayonot bölib, mustaqil manbalar bilan tasdiqlanmagan.

«Har kim olgan puli uçun javob beradi»

Azizov deb körsatilgan ovoz quriliş loyihalari böyiça asosiy hujjatlar va kompaniya uning nomida ekanini aytib, javobgarlikni öz zimmasiga olişini ta’kidlaydi.

«U yerda uy qurilmasa, eng katta javobgar menman. Dokumentlar mening nomimda — men javob beraman», – deyiladi audioyozuvda.

Keyinroq u kompaniyaga tuşgan mablağlar böyiça har bir iştirokçi sarflangan pullarga javob berişi kerakligini aytadi.

«Har kim olgan puli uçun — qança pul olgan, qayerga işlatgan, nima bölgan — hammasi javob beradi», – deyiladi yozuvda.

Azizov deb körsatilgan ovoz, şuningdek, kompaniyadan pul olib ketayotgani haqidagi gumonlarni rad etib, özini ham loyiha uçun mas’ul va manfaatdor tomon sifatida körsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Imarat Development» xaridorlarining qurilişlar keçikişi va mablağlarni qaytariş bilan boğliq şikoyatlari haqida yozgan edi.

Şuningdek, kompaniya asosçisi Marat Hamdamov va yana bir şaxs iş doirasida protsessual tartibda uşlangani ma’lum qilingan.

Eslatib ötamiz, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov davom etmoqda. Audioyozuvdagi bayonotlar tergov organlarining xulosasi yoki sud tomonidan tasdiqlangan faktlar hisoblanmaydi.

Shuningdek