Paragvay prezidenti bank mojarosi ortidan iste’fo berdi

Paragvay prezidenti Santyago Penya mamlakatdagi yirik moliyaviy mojaro ortidan iste’foga çiqişini e’lon qildi. Biroq parlamentning quyi palatasi uning iste’fosini qabul qilmay, davlat rahbarini impiçment orqali lavozimidan çetlaştiriş jarayonini davom ettirişga qaror qildi. Bu haqda El País va Reuters xabar berdi.
Prezidentning qaroriga Ueno Bank atrofidagi moliyaviy inqiroz sabab böldi. Bank faoliyatiga regulyator aralaşganidan söng qariyb 3 mln mijoz öz hisobvaraqlaridagi mablağlardan foydalaniş imkoniyatini yöqotdi. Bu mamlakatda ommaviy norozilik namoyişlariga sabab böldi.
Penya 5-noyabr kuni e’lon qilgan videomurojaatida mamlakat barqarorligi, ijtimoiy tinçlik va demokratik institutlarni saqlaş maqsadida iste’fo berişga qaror qilganini bildirdi.
Bank inqirozi qanday boşlandi?
Ueno Bank Paragvaydagi yirik raqamli banklardan biri hisoblanadi. Muassasa qariyb 3 mln mijozga xizmat körsatgan va unda davlat taşkilotlariga tegişli $850 mln atrofidagi mablağlar saqlangan.
Paragvay Markaziy banki Ueno Bank belgilangan moliyaviy barqarorlik talablariga javob bermayotganini aniqlab, uning faoliyatiga aralaşdi. Natijada mijozlarning jamğarmalari va hisobvaraqlariga erişishi çeklandi.
Bankdagi vaziyat yuzasidan jinoiy tergov boşlangan. Moliyaviy muassasa rahbarlari va unga aloqador bir qator şaxslarga nisbatan huquqiy çoralar körilmoqda.
Mojaro prezidentga ham ta’sir qildi. Penya ilgari Ueno Bank bilan boğliq kompaniyalar guruhida ulushga ega bölgan. Uning öziga köra, uşbu uluş 2025-yil mart oyida sotilgan.
Muxolifat vakillari prezidentni manfaatlar töqnaşuvi, davlat mablağlaridan foydalaniş bilan boğliq qonunbuzarliklar va bank faoliyati ustidan nazoratning yetarli bölmaganida ayblamoqda. Penya esa öziga qarşi ayblovlarni rad etgan.
Prezident nega lavozimni tark eta olmayapti?
5-noyabr kuni Paragvay parlamentining quyi palatasi prezidentning iste’fosini qabul qilmadi. Deputatlar 78 ovoz bilan unga qarşi impiçment jarayonini davom ettirişni ma’qulladi.
El País ma’lumotiga köra, qonunçilar bu qarorni Penya iste’foga çiqsa, umrbod senator maqomi va u bilan boğliq huquqiy immunitetga ega bölişi mumkinligi bilan izohladi.
Prezidentga qarşi jarayon böyiça yakuniy qaror Senatda qabul qilinişi kerak.
Penya impiçment jarayonida özini hujjatlar va dalillar orqali himoya qilişini bildirdi.
Davlat rahbari lavozimidan ketgan taqdirda, uning örnini vitse-prezident Pedro Alyana egallaşi va 2028-yil 15-avgustgaça bölgan prezidentlik muddatini yakunlaşi közda tutilgan.
Moliyaviy mojaro Paragvay iqtisodiyotiga ham ta’sir körsatgan. Bank inqirozi fonida mamlakat milliy valyutasi – guarani dollarga nisbatan zaiflaşgan, davlat obligatsiyalari narxi esa pasaygan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Paragvay prezidenti Santyago Penyaning 2025-yil dekabr oyida O‘zbekistonga rasmiy taşrifi haqida xabar bergan edi. Taşrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qiliş rejalashtirilgan.