Ozon teşigi 10 yil içidagi eng katta hajmga yetdi

eʼlon qilindi
AQŞ hududidan qariyb uç baravar katta
Foto: moya-planeta.ru

Antarktida ustidagi ozon teşigi 2026-yilda sönggi ön yil içidagi eng katta hajmga yetdi. Olimlar bunga qutb girdobining odatdagidan kuçli bölgani sabab bölganini aytmoqda.

NASA va AQŞ Milliy okean va atmosfera boşqarmasi (NOAA) ma’lumotlariga köra, ozon teşigi 18-sentabr kuni eng katta hajmga yetgan. Uning maydoni 27,1 mln kvadrat kilometrni taşkil qilgan. Bu AQŞ hududidan qariyb uç baravar katta.

Ozon teşigi nega kattalaşdi

Olimlarning fikriça, bunga Antarktida ustidagi qutb girdobining noodatiy darajada kuçaygani sabab bölgan.

Qutb girdobi Janubiy qutb atrofida aylanadigan sovuq havo oqimi bölib, u Antarktida ustida juda past haroratlarning saqlanib qolişiga yordam beradi. Bu esa ozon qatlamining yemirilişida muhim rol öynaydigan stratosferadagi bulutlarning hosil bölişi uçun qulay şaroit yaratadi.

NOAA tadqiqotçisi Emi Batlerning ta’kidlaşiça, avgust va sentabr oylarida qutb girdobini odatda zaiflaştiradigan yirik atmosfera jarayonlari sust bölgan. Natijada girdob kuçliroq saqlanib, ozon yemirilişi uçun qulay hudud kengaygan.

Ozon qatlamining yemirilişiga asosan inson faoliyati natijasida atmosferaga çiqarilgan xlor va brom tarkibli moddalar, jumladan, xlorftoruglerodlar (CFC) sabab böladi.

Ozon qatlamining tiklanişi davom etmoqda

2026-yildagi ösişga qaramay, NASA va NOAA olimlari ozon qatlamining tiklaniş jarayoni izdan çiqmaganini ta’kidlamoqda. Ozon teşigi 2000-yil 9-sentabrda tarixdagi eng katta körsatkiçga yetgan. Öşa paytda uning maydoni 29,9 mln kvadrat kilometrni taşkil qilgan. Bu yilgi körsatkiç esa şu rekordning qariyb 90 foiziga teng.

Olimlar ozon qatlamining tiklanişida 1987-yilda qabul qilingan Monreal protokoli muhim rol öynaganini qayd etmoqda. Uşbu xalqaro kelişuv ozon qatlamini yemiruvçi moddalar, jumladan, CFC işlab çiqariş va ulardan foydalanişni bosqiçma-bosqiç kamaytirişni nazarda tutadi.

NOAA ma’lumotlariga köra, Antarktida stratosferasidagi xlor miqdori 1980-yillardagi darajaga nisbatan qariyb uçdan bir qismga kamaygan.

NASA olimi Pol Nyumanning ta’kidlaşiça, agar ozon yemiruvçi moddalar 2000-yildagi darajada saqlanib qolganida, 2026-yildagi ozon teşigi yana 2,5 – 5,2 mln kvadrat kilometrga kattaroq bölişi mumkin edi.

Şu sababli olimlar 2026-yildagi noodatiy kattalaşiş ozon qatlamining tiklanişi bir tekis keçmasligini körsatişini, biroq uzoq muddatli tiklaniş jarayoni davom etayotganini bildirgan.

Avvalroq 2026-yil avgustida sayyoradagi örtaça harorat 16,96 darajani taşkil etib, meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiçga aylangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek