Özbekistonda Kia va Haval savdosi 20 foizga kamaydi

6-noyabr 2026 16:11 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto: hyundai-creta-club.ru

Özbekistonda Kia, Chery va Haval brendlariga tegişli avtomobillar savdosi 2026-yil oktabr oyida sentabrga nisbatan 19,1 foizga kamaydi. Uçta brend böyiça sotuvlar 4 026 donadan 3 256 donaga tuşdi. Bu haqda ADM kompaniyalar guruhi ma’lumot berdi.

Kompaniya e’lon qilgan statistikaga köra, oktabrda uçta brend orasida Kia eng köp avtomobil sotgan. Biroq uning savdosi sentabrga nisbatan 450 donaga kamaygan.

Kia savdosi 18 foizga pasaydi

2026-yil sentabr oyida Kia Özbekistonda 2 505 dona avtomobil sotgan bölsa, oktabrda bu körsatkiç 2 055 donani taşkil etdi. Natijada savdo bir oyda 18 foizga qisqardi.

Brendning eng xaridorgir modeli Kia Sonet böldi. Oktabrda uşbu krossoverdan 1 714 dona sotilgan. Sentabrda esa Sonet’ning yangilangan Prime versiyasini ham hisobga olganda, model savdosi 2 072 donani taşkil qilgan.

Chery savdosi ösdi

Chery uçta brend orasida oktabr oyida savdosi oşgan yagona kompaniya böldi. Sentabrda 700 dona avtomobil sotgan brend oktabrda bu körsatkiçni 767 donaga yetkazdi. Ösiş 9,6 foizni taşkil etdi.

Chery’ning eng xaridorgir modeli Tiggo 7 Pro böldi. Oktabrda undan 442 dona sotilgan. Bu sentabr oyidagi 374 donaga nisbatan 18,2 foiz köp.

Şuningdek, oktabrda 145 dona gibrid Chery avtomobili sotilgan. Bu brendning oylik savdosining qariyb 19 foiziga teng.

Haval savdosi qariyb yarmiga tuşdi

Haval avtomobillari savdosi sentabr oyidagi 821 donadan oktabrda 434 donaga kamaydi. Bu 47,1 foizlik pasayiş demakdir. Brendning eng köp sotilgan modeli M6 krossoveri böldi — oktabrda 236 dona. Sentabrda esa uşbu modeldan 242 dona sotilgan. Jolion modeli savdosi ham sezilarli kamaydi: sentabrda 449 dona sotilgan bölsa, oktabrda 124 dona xaridor topgan.

Uçta brend savdosi qanday özgardi

BrendSentabrOktabrözgarish
Kia2 5052 055−18%
Chery700767+9,6%
Haval 821434−47,1%
Jami4 0263 256−19,1%

Şunday qilib, oktabr oyida ADM tarkibidagi uçta brend böyiça avtomobil savdosi 770 donaga kamaygan. Biroq bu raqamlar butun Özbekiston avtomobil bozorini emas, faqat Kia, Chery va Haval brendlarining sotuvlarini qamrab oladi.

Avvalroq UzAuto Motors foydasi 47 foizga kamaygani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek