Toşkentdagi xonadondan 900 mln sömlik tamaki mahsulotlari topildi

eʼlon qilindi
20 060 quti tamaki mahsuloti keyinçalik sotiş maqsadida saqlangan
Foto: bojxona.uz

Yaşnobod tumanidagi xonadondan aksiz markasi bölmagan 20 mingdan ortiq quti tamaki mahsuloti topildi. Ularning umumiy qiymati qariyb 900 mln söm deb baholanmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi xabar berdi.

Xonadonda 20 mingdan ortiq quti tamaki mahsuloti saqlangan

Foto: bojxona.uz

Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda Yaşnobod tumanida tezkor tadbir ötkazdi. Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan şaxsning xonadoni belgilangan tartibda közdan keçirildi. Tekşiruv natijasida xonadonda xorijda işlab çiqarilgan va aksiz markasi bölmagan 22 turdagi 20 060 quti tamaki mahsuloti saqlanayotgani aniqlandi.

Mahsulotlar 900 mln sömga baholandi

Bojxona ma’lumotiga köra, tamaki mahsulotlari keyinçalik sotish maqsadida saqlangan. Ularning dastlabki hisoblangan qiymati qariyb 900 mln sömni taşkil etadi. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq Özbekistonning bir qator hududlarida qiymati 438,7 mln sömlik noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek