Toşkent şahar IIBB xonandaning öldirilişini tarğib qilgan bloger videosini tekşirişni boşladi

Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning öldirilişini tarğib qilgan bloger videosi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv boşladi. Video muallifining şaxsi aniqlangan, hozirda holat Olmazor tumani içki işlar organlari tomonidan örganilmoqda.
IIBB ma’lumotiga köra, ijtimoiy tarmoqlarda nafrat va qonunga zid çaqiriqlar aks etgan video keng tarqalib, jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan.
Örganiş davomida video Instagram’da faoliyat yurituvçi foydalanuvçilardan birining sahifasiga joylaştirilgani aniqlangan.
Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi xodimlari video muallifining şaxsini aniqladi.
Bloger uzr söradi
IIBB tarqatgan videoda bloger içki işlar xodimlari unga uşbu kontentning huquqiy oqibatlarini tuşuntirganini aytib, qilgan işidan puşaymonligini bildirdi va jamoatçilikdan uzr söradi.
Hozirda holat Toşkent şahar IIBB nazoratiga olingan.
Tergovga qadar tekşiruv davom etmoqda
Olmazor tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Tekşiruv yakunlariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ma’lum qilindi.
IIBB ijtimoiy tarmoqlarda qonunga zid kontent tayyorlaş yoki uni tarqatiş belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkinligini eslatdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq aktrisa Nilufar Hamidova qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Sud qaroriga köra, Nilufar Hamidova Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.