Özbekistonda qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi oçiladi

eʼlon qilindi
Texnikum 2027/2028-öquv yilidan faoliyat boşlaydi
Özbekistonda qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi oçiladi
Foto: SI

Özbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi. Texnikum 2027/2028-öquv yilidan faoliyat boşlaydi.

Hukumat qaroriga köra, texnikumga umumiy örta ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari qabul qilinadi. Öquvçilar davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida ta’lim olişi mumkin.

Öquv jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida taşkil etiladi.

2029-yildan kadrlar zaxirasi şakllantiriladi

2029-yildan texnikumning kasbiy ta’lim yönalişlarini tamomlagan bitiruvçilar orasidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.

Texnikumning asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlar organlari uçun nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega qutqaruvçilarni tayyorlaş böladi.

Virtual laboratoriyalar taşkil etiladi

Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyotni uyğunlaştiriş uçun simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar hamda maxsus poligonlardan foydalaniş közda tutilgan.

Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumini taşkil etiş 2026-yil 3-apreldagi Prezident qarorida ham belgilangan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq favqulodda vaziyatda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgacha tölanişi haqida xabar berilgandi. Oğir tan jarohati olganlarga BHMning 200 baravarigaça – 88 mln sömgaça, örtaça oğir jarohat olganlarga 150 baravarigaça – 66 mln sömgaça, yengil tan jarohati olganlarga esa 100 baravarigaça – 44 mln sömgaça tölanadi.

Shuningdek