Bankomat pul bermasa, bank operatsiyani dalillar bilan tekşirişi kerak

eʼlon qilindi
Bank faqat elektron yozuvga tayanib qolmasligi kerak
Foto: Getty Images

Markaziy bank tijorat banklari va tölov taşkilotlariga bankomatdan naqd pul yeçiş bilan boğliq murojaatlarni har tomonlama va xolisona körib çiqiş zarurligini eslatdi. Kartadan pul yeçilib, ammo bankomat naqd pul bermagan holatda operatsiyaning tizimda «muvaffaqiyatli» deb qayd etilişi pul mijozga haqiqatda berilganini öz-özidan tasdiqlamaydi.

Markaziy bank ma’lumotiga köra, ayrim holatlarda bank kartasidan mablağ hisobdan çiqariladi, biroq mijoz bankomatdan naqd pul olmaydi.

Bunday vaziyatda bank yoki tölov taşkiloti operatsiyani tekşirişda elektron jurnallar va texnik ma’lumotlar bilan çeklanib qolmasligi kerak.

Bankomatdagi naqd pul qoldiği, tölov infratuzilmasi iştirokçilarining ma’lumotlari, videoyozuvlar va boşqa dalillar ham örganilişi lozim.

Mijozga tekşiruv natijasi tuşuntirilişi kerak

Tekşiruv yakunida mijozga aniqlangan holatlar va bank xulosasi qaysi ma’lumotlar asosida çiqarilgani körsatilgan javob yuborilişi kerak.

Agar operatsiya lozim darajada bajarilmagani aniqlansa, tölov xizmatini körsatuvçi taşkilot iste’molçining buzilgan mulkiy huquqlarini tiklaşi şart.

Bankdagi qoidabuzarlik oqibatini mijozga yuklaş mumkin emas

Markaziy bank bankomatlardan foydalanişda texnik va içki nazoratni taşkil etiş, operatsiyalar natijalarini qayd etiş hamda zarur ma’lumotlarni saqlaş talablariga rioya qiliş majburiy ekanini qayd etdi.

Agar uşbu talablarning buzilişi nizoli operatsiyani xolisona tekşirişga tösqinlik qilsa, bank yoki tölov taşkiloti öz qoidabuzarligi oqibatlarini mijoz zimmasiga yuklay olmaydi.

Qoidabuzarlik aniqlangan hollarda Markaziy bank qonunçilikda nazarda tutilgan nazorat ta’siri va javobgarlik çoralarini qöllaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank raisi örinbosari Nodirbek Açilov Özbekistonda valyuta kursi doimo oşib boradi degan qaraş asta-sekin özgarayotganini bildirgandi. Bunga 2025-yildan boşlab valyuta bozorida kuzatilgan özgarişlar, xorijiy valyuta taklifining ortişi hamda söm kursining ikki tomonlama harakatlana boşlagani ta’sir qilgan.

Shuningdek