Metan şoxobçalar faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin — Energetika vazirligi

eʼlon qilindi
Gaz birinçi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkaziladi
14-mart kuni metan "zapravka"lar cheklangan vaqtda faoliyat yuritadi
Foto: Facebook

Özbekistonda 9–11-noyabr kunlari sovuq havo kutilayotgani sababli energiya ta’minotida ayrim vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin. Zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining faoliyati çeklanadi. Bunda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan ta’minlaşga ustuvorlik beriladi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, sovuq kunlarda gaz ta’minotida xonadonlar, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi.

Gaz iste’moli keskin oşgan taqdirda mavsumiy iste’molçilar, jumladan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin.

Bunday çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan tasdiqlangan grafiklar asosida joriy etiladi. Iste’molçilar çeklovlar haqida oldindan xabardor qilinadi.

9–11-noyabrda havo soviydi

«Özgidromet» prognoziga köra, 9–11-noyabr kunlari ayrim hududlarda yomğir yoğadi, şimoliy va toğli hududlarda esa qor kutilmoqda.

Tungi harorat şimoliy hududlarda −7 darajagaça, mamlakatning boşqa ayrim joylarida esa −1…−2 darajagaça pasayişi mumkin.

Muammo yuzaga kelsa qayerga murojaat qiliş kerak

Gaz bosimi yoki ta’minoti bilan boğliq muammolar böyiça 1104, gaz avariya holatlarida 104, elektr uzilişlari va tarmoq nosozliklari böyiça esa 1154 qisqa raqamiga murojaat qiliş mumkin.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş yoki noqonuniy ulaniş holatlari haqida «Özenergoinspeksiya»ning +998 71 208-10-15 raqamiga xabar beriş mumkin.

Isitiş jihozlaridan ehtiyotkor foydalaning

Energetika vazirligi fuqarolarga gaz va isitiş jihozlari, möri hamda şamollatiş yöllarining sozligini tekşirişni tavsiya qildi.

Nosoz jihozlardan foydalanmaslik, gaz plitasida xonani isitmaslik, elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama bermaslik va yoqilgan isitiş qurilmalarini nazoratsiz qoldirmaslik kerakligi eslatildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq oktabrda metan 10 foizga qimmat bölgani haqida xabar berilgandi. Statistika qömitasi hisob-kitoblariga köra, oktabrda AI-92 benzinining bir litri 10,5 mingdan 18 ming sömgaça, AI-95 – 13,5 mingdan 21,5 ming sömgaça, AI-98 va AI-100 esa 16,5 mingdan 28 ming sömgaça bölgan. Propanning yuqori narx çegarasi bir litr uçun 10 ming sömni taşkil etgan.

Shuningdek