Bekoboddagi havoni ifloslantirayotgan korxonaga 1,63 mlrd sömlik jarima belgilandi

eʼlon qilindi
Ayrim zararli moddalar me’yordan ming baravardan ortiq çiqdi
Bekoboddagi havoni ifloslantirayotgan korxonaga 1,63 mlrd sömlik jarima belgilandi
Foto: SI

Toşkent viloyatining Bekobod şehridagi «M.K.» korxonasida atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlardan bir neça baravar yuqori ekani aniqlandi. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi korxonaga atrof-muhitni ifloslantirgani uçun 1,63 mlrd sömdan ortiq kompensatsiya tölovi belgiladi.

Ekopolitsiya xodimlari ötkazgan örganişda korxonaning elektrda pölat eritiş bölinmasida noorganik çang miqdori me’yordan 2,4 baravar yuqori ekani aniqlandi.

Oltingugurt dioksidi miqdori esa belgilangan me’yordan 1 533 baravar, uglerod oksidi 20 baravar köp bölgan.

Ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmasida ham me’yorlardan oşiş qayd etilgan. Noorganik çang miqdori 24,9 baravar, azot dioksidi 2,12 baravar, uglerod oksidi esa 23,3 baravar yuqori çiqqan.

Tozalaş uskunalari samarali işlamagan

Tekşiruv davomida pölat eritiş sexidagi çang-gaz tozalaş uskunalari yetarli samaradorlikda işlamayotgani aniqlangan. Natijada ifloslantiruvçi moddalarning bir qismi töğridan töğri atmosferaga çiqib ketgan.

Şuningdek, korxonada ekologik ekspertiza xulosalaridagi ayrim talablar bajarilmagani, bazi ifloslantiruvçi manbalarda avtomatlaştirilgan monitoring tizimlari örnatilmagani va laboratoriya nazorati yetarli darajada yölga qöyilmagani qayd etilgan.

1,63 mlrd söm kompensatsiya hisoblandi

Aniqlangan qonunbuzilişlar asosida korxonaga atrof-muhitni ifloslantirganlik uçun 1,6 mlrd söm kompensatsiya tölovi belgilandi.

Korxonaga çang-gaz tozalaş uskunalari filtrlarini töliq almaştiriş, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkaziş, laboratoriya nazoratini kuçaytiriş hamda asosiy ifloslantiruvçi manbalarga avtomatik monitoring stantsiyalarini örnatiş böyiça majburiy körsatmalar berildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olmazordagi quriliş kompaniyasiga 1,23 mlrd söm kompensatsiya hisoblangani haqida xabar berilgandi. Tekşiruvda quriliş maydonidan çiqiş joyida avtomobil ğildiraklarini yuviş postlari mavjud emasligi aniqlangan. Natijada yuk maşinalari loy va tuproqni köçaning 2-2,5 kilometr qismiga olib çiqqan.

Shuningdek