Xumoyun Begmuratov rapid böyiça jahon çempioni, Chevrolet Cobalt 156 ming km yurgaç holati — 7-noyabr yangiliklari

Xumoyun Begmuratov rapid böyiça jahon çempioni, Chevrolet Cobalt 156 ming km yurgaç holati — 7-noyabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Dam oliş kunlari qaysi banklar işlaydi — röyxat

7 − 8-noyabr — şanba va yakşanba kunlari 24 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboşlaş hamda xalqaro pul ötkazmalari xizmatlari körsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dam oliş kunlari valyuta ayirboşlaş va pul ötkazmalari şoxobçalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi:
Svidler Sindarovni Gukeşga qarşi favorit deb atadi

Rossiyalik grossmeyster Pyotr Svidler özbekistonlik Javohir Sindarovni amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeşga qarşi bölajak bahsda favorit deb hisoblamoqda. U Sindarovning ğalaba imkoniyatini 55%, Gukeşnikini esa 45% deb baholadi.
FIDE matbuot xizmatiga köra, Svidler Sindarovga juda katta ustunlik beriş töğri bölmasligini ta’kidladi. Grossmeysterning aytişiça, Gukeş sönggi bir yarim yilda murakkab davrni ötkazgan bölsa-da, u hali ham juda kuçli şaxmatçi. Bundan taşqari, jahon çempionligi matçi alohida format hisoblanadi.
Chevrolet Cobalt 156 ming km yurgaç qanday holatga tuşadi

Rossiyaning «Za rulyom» avtomobil jurnali Özbekistonda işlab çiqarilgan Chevrolet Cobalt’ning 10 yillik ekspluatatsiyasi natijalarini e’lon qildi. 2013-yilda işlab çiqarilgan avtomobil 156 ming kilometr yöl bosgan va bu davrda jiddiy nosozliklar yoki kapital ta’mir talab qilmagan.
Sinovdagi Chevrolet Cobalt 1,5 litrli, 106 ot kuçiga ega dvigatel va olti poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Jurnal ma’lumotiga köra, 150 ming kilometrdan ortiq masofa bosilganiga qaramay, dvigatel birinçi urinişdayoq işga tuşadi. Har 15 ming kilometrda qöşimça quyiladigan motor moyi bir litrdan oşmagan. Yozda yonilği sarfi örtaça 7,5 – 8 litrni, qişda esa 9,5 – 10 litrni taşkil etgan. Şahar taşqarisidagi safarlardan birida avtomobil 100 kilometrga 6,2 litr yonilği sarflagan.
Dollar 12 ming sömdan pastligiça qoldi — hafta tahlili

Özbekistonda dollar kursi hafta boşida keskin pasayganidan söng ketma-ket uç kun qimmatlaşdi. 7-noyabr uçun rasmiy kurs 11 987,16 sömni taşkil etdi. Kursiv Uzbekistan AQŞ valyutasining hafta davomida qanday özgarganini tahlil qildi.
3-noyabrdan 7-noyabrgaça dollar 45,51 sömga yoki qariyb 0,4 foizga qimmatlaşdi. Şunga qaramay, kurs ötgan haftaning oxiridagi 12 023,46 sömlik darajadan hali ham 36,3 söm past.
Toşkentda uy-joylarni ommaviy baholaş muhokamasi 4-dekabrgaça uzaytirildi

Toşkent şahridagi turarjoylarni ommaviy baholaş natijalari yuzasidan jamoatçilik muhokamasi yana 30 kunga uzaytirildi. Endi mulkdorlar baholaş natijalari böyiça 2026-yil 4-dekabrgaça öz fikr va e’tirozlarini bildirişi mumkin. Bu haqda Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktori örinbosari Feruz Sultonov ma’lum qildi.
Toşkentdagi turarjoylarni ommaviy baholaş natijalari 5-sentabrdan boshlab 60 kunlik jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi. Bugungi kunga qadar jami 11 ming nafar mulkdor öz munosabatini bildirgan. Ularning 5,5 ming nafari yoki qariyb 50 foizi baholaş natijalariga rozi bölgan, 5,5 ming nafari esa taklif va e’tirozlarini taqdim etgan.
E’tiroz bildirganlarning 1,7 ming nafari uyining baholangan qiymati bozor narxidan pastligini, 3,2 ming nafari esa aksinça, yuqori ekanini ma’lum qilgan. Yana 273 nafar fuqaro kadastr ma’lumotlarida xatolik borligini bildirgan, 264 nafari esa qöşimça fikr va izohlar yuborgan.
Toşkent şahar IIBB xonandaning öldirilişini tarğib qilgan bloger videosini tekşirişni boşladi

Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning öldirilişini tarğib qilgan bloger videosi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv boşladi. Video muallifining şaxsi aniqlangan, hozirda holat Olmazor tumani içki işlar organlari tomonidan örganilmoqda.
IIBB ma’lumotiga köra, örganiş davomida video Instagram’da faoliyat yurituvçi foydalanuvçilardan birining sahifasiga joylaştirilgani aniqlangan. Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi xodimlari video muallifining şaxsini aniqladi.
Özbekistonda qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi oçiladi

Özbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi. Texnikum 2027/2028-öquv yilidan faoliyat boşlaydi.
Hukumat qaroriga köra, texnikumga umumiy örta ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari qabul qilinadi. Öquvçilar davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida ta’lim olişi mumkin. Öquv jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida taşkil etiladi.
Bankomat pul bermasa, bank operatsiyani dalillar bilan tekşirişi kerak

Markaziy bank tijorat banklari va tölov taşkilotlariga bankomatdan naqd pul yeçiş bilan boğliq murojaatlarni har tomonlama va xolisona körib çiqiş zarurligini eslatdi. Kartadan pul yeçilib, ammo bankomat naqd pul bermagan holatda operatsiyaning tizimda «muvaffaqiyatli» deb qayd etilişi pul mijozga haqiqatda berilganini öz-özidan tasdiqlamaydi.
Markaziy bank ma’lumotiga köra, ayrim holatlarda bank kartasidan mablağ hisobdan çiqariladi, biroq mijoz bankomatdan naqd pul olmaydi. Bunday vaziyatda bank yoki tölov taşkiloti operatsiyani tekşirişda elektron jurnallar va texnik ma’lumotlar bilan çeklanib qolmasligi kerak. Bankomatdagi naqd pul qoldiği, tölov infratuzilmasi iştirokçilarining ma’lumotlari, videoyozuvlar va boşqa dalillar ham örganilişi lozim.
Metan şoxobçalar faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin — Energetika vazirligi

Özbekistonda 9 – 11-noyabr kunlari sovuq havo kutilayotgani sababli energiya ta’minotida ayrim vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin. Zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining faoliyati çeklanadi. Bunda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan ta’minlaşga ustuvorlik beriladi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, bunday çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan tasdiqlangan grafiklar asosida joriy etiladi. Iste’molçilar çeklovlar haqida oldindan xabardor qilinadi.
Xumoyun Begmuratov rapid böyiça jahon çempioni böldi

Özbekiston şaxmatçilari BAAda ötkazilgan 20 yoşgaça bölganlar örtasidagi rapid va blits böyiça jahon çempionatida uçta medal qölga kiritdi. Xumoyun Begmuratov rapid yönalişida jahon çempioni böldi, Umida Omonova rapidda, Afruza Hamdamova esa blitsda kumuş medalga ega çiqdi.
Rapid böyiça oçiq turnirda Xumoyun Begmuratov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko töplab, birinçi örinni egalladi. Özbekistonlik şaxmatçi turnir davomida birorta ham partiyada yutqazmadi. U oltita ğalaba va uçta durang qayd etdi.