Ilon Mask SI ma’lumotlar markazlarini orbitaga çiqarmoqçi

Amerikalik milliarder Ilon Mask sun’iy intellekt uçun ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini Yer orbitasiga joylaştiriş ğoyasini yana ilgari surdi. U 4-noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğida kosmosdagi data-markazlar «hozir ança jozibador körinayotganini» yozdi.
Maskning bu posti AQŞdagi oraliq saylovlardan keyin paydo böldi. Texasda yangi ma’lumotlar markazlari qurilişiga çeklov qöyişni qöllab-quvvatlagan Gina Hinojosa gubernatorlik saylovida ğalaba qozondi. Şu sababli Maskning kompaniyalari uçun AQŞda AI infratuzilmasini kengaytiriş istiqbollari böyiça xavotirlar kuçaygan.
SpaceX allaqaçon rejani işlab çiqmoqda
Mask kosmosdagi AI hisoblaş markazlari haqida avval ham gapirgan. SpaceX Yer orbitasida quyoş energiyasida işlaydigan sun’iy yöldoşlar orqali AI hisoblaş quvvatini yaratiş ustida işlamoqda.
Reuters ma’lumotlariga köra, SpaceX 2027-yil oxirigaça kosmosdagi AI hisoblaş infratuzilmasining dastlabki namoyişlarini boşlaşni rejalaştirmoqda. Kompaniya regulyatorlardan orbitaga 1 mln tagaça ma’lumot markazi sun’iy yöldoşlarini çiqarişga ruxsat söragan.
Maskning 2026-yil yanvaridagi bayonotlariga köra, kosmosdagi quyoş energiyasidan foydalaniş AI hisoblaş xarajatlarini kelajakda Yerda qurilgan markazlarga qaraganda pastroq qiliş imkonini berişi mumkin. Biroq mutaxassislar kosmosda uskunalarni sovitiş, radiatsiyadan himoyalaş, sun’iy yöldoşlarni ta’mirlaş va orbitaga çiqariş xarajatlari jiddiy muammo bölişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq Tesla Cybercab işlab çiqarişni oşirişga joy böşatiş uçun kelasi, 2027 yilning örtalarida Texasdagi Gigafactory zavodida Cybertruck işlab çiqarişni bosqiçma-bosqiç qisqartirişni boşlaşi haqida xabar berilgandi.