Farğonada 105 bola zaharlanişi böyiça korxona rahbari va texnologi qamaldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avval ularga ozodlikni çeklaş jazosi berilgandi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Farğona viloyatida 105 nafar boğça tarbiyalanuvçisining zaharlanişi bilan boğliq iş böyiça «Garden Catering Trade» MÇJ rahbari va texnologiga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda Farğona viloyati sudi ma’lum qildi.

Kassatsiya instansiyasi Furqat tumani sudining 2026-yil 21-sentabrdagi hukmini bekor qilib, korxona rahbari Şavkat Turdaliyev va texnolog Rasuljon Alimovga nisbatan yangi hukm çiqardi.

Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida Turdaliyev 4 yilga, Alimov esa 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Avval ularga ozodlikni çeklaş jazosi berilgandi

Birinçi instansiya sudi Turdaliyevni 3 yil 6 oy, Alimovni esa 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilgan. Ularning tergov davomida qamoqda saqlangan muddati hisobga olinib, sud zalida ozod qilingandi.

Turdaliyev sanitariya qoidalarini buzişdan taşqari, juda köp miqdorda talon-toroj qiliş, elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulaniş va hujjatlarni qalbakilaştirişda ham aybdor deb topilgan.

Alimov esa sanitariya qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan.

105 nafar bola zaharlangandi

2026-yil 21 – 22-fevral kunlari Farğona şahridagi sakkizta boğçaning 105 nafar tarbiyalanuvçisi ovqatdan zaharlaniş belgilari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Bolalarga «Garden Catering Trade» MÇJ tayyorlagan taomlar yetkazib berilgan.

Sanitariya-epidemiologiya tekşiruvlarida bolalar iste’mol qilgan taomlardan salmonella va stafilokokk bakteriyalari aniqlangan. Korxona oşxonasida sanitariya talablariga rioya qilinmagani va ayrim xodimlar tibbiy körikdan ötmagani ham aniqlangan.

Bundan taşqari, tergovda korxona faoliyatidagi soxta hisobotlar sabab Davlat budjetiga 1 mlrd 113,9 mln söm zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur iş böyiça sobiq direktor Iqboljon Bozorov va boş hisobçi Axliddin Sayfitdinovga 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Kassatsiya instansiyasi bayonotida ularga nisbatan hukm özgargani haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Farğona viloyatidagi davlat boğçalariga tayyor ovqat yetkazib bergan «Garden catering trade» MÇJning tört nafar mansabdoriga sud hukmi bilan jazo tayinlangandi.

Shuningdek