FIDE Sindarov-Gukeş öyini böyiça rasmiy qaror qabul qildi

firstpost.com
Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasidagi uçraşuv uçun vaqt nazoratini tasdiqladi. Unga köra, bahsda klassik şaxmat uçun belgilangan avvalgi vaqt nazorati saqlab qolinadi. Bu haqda FIDE tomonidan ma’lum qilindi.
Tasdiqlangan qoidalarga köra, har bir şaxmatçiga dastlabki 40 yuriş uçun 120 daqiqadan vaqt beriladi. Şundan söng öyin yakunigaça yana 30 daqiqa qöşiladi. 41-yurişdan boşlab har bir yuriş uçun 30 soniyalik qöşimça vaqt ajratiladi.
Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat böladi. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan şaxmatçi jahon çempioni unvonini qölga kiritadi. Agar 14 partiyadan keyin hisob 7:7 bölsa, ğolib tay-brek orqali aniqlanadi.
Sindarov va Gukeş qaçon öynaydi
Jahon çempionligi uçun uçraşuv Şveysariyaning Jeneva şahrida 2026-yil 24-noyabrdan 12-dekabrgaça ötkaziladi. Birinçi partiya 24-noyabr kuni boşlanadi, tay-brek zarur bölsa, 12-dekabrda taşkil etiladi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 2,5 mln dollarni taşkil etadi. Har bir ğalaba uçun şaxmatçiga 200 ming dollardan beriladi, qolgan mablağ esa ikki iştirokçi örtasida teng taqsimlanadi.
Javohir Sindarov 2026-yilda Kiprda ötkazilgan Nomzodlar turnirida ğolib çiqib, jahon çempionligi uçun kuraşiş huquqini qölga kiritgan. U Özbekiston tarixida mutlaq jahon çempionligi uçun bahslaşadigan ilk şaxmatçi hisoblanadi.
Avvalroq Rossiyalik grossmeyster Pyotr Svidler özbekistonlik Javohir Sindarovni amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeşga qarşi bölajak bahsda favorit deb aytgandi.