Tramp Habib Nurmagomedov va Islom Maxaçevga Oq uydan iş taklif qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bizga bu odamlar aqldan ozgan söllarga qarşi turiş uçun kerak
Foto: Gazeta.ru

AQŞ prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qildi. Şuningdek, undan yordamçilari qatorida doğistonlik sportçilar Habib Nurmagomedov va Islom Maxaçevni ham olib kelişni söradi.

Tramp 7-noyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Dana Uaytga uşbu lavozimni taklif qilganini yozdi. Uayt bilan birga Oq uyga kelişi mumkin bölgan şaxslar qatorida Habib Nurmagomedov, Islom Maxaçev, Jastin Getji, Daniel Kormye, Amanda Nunes va Kayla Xarrison nomlarini sanab ötdi.

«Bizga bu odamlar aqldan ozgan söllarga qarşi turiş uçun kerak», – deb yozdi Tramp.

Dana Uayt taklifga javob berdimi

OAV xabariga köra, Dana Uayt Tramp bilan Oq uyda uçraşişini bildirgan. Biroq u matbuot kotibi lavozimini qabul qilişi yoki sportçilarni yordamçi sifatida olib kelişi haqida hozirça rasmiy ma’lumot yöq.

Dana Uayt UFC rahbari sifatida Tramp bilan uzoq yillardan beri yaqin munosabatlarga ega. AQŞ prezidenti bir neça bor UFC musobaqalarida ham qatnaşgan.

Avvalroq 6 – 8-noyabr kunlari Toşkent şahrida sambo böyiça kattalar örtasidagi 50-jahon çempionati ötkazilişi haqida xabar berilgandi. Musobaqa oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko va ikki vazn toifasida UFC çempioni Islom Maxaçev ham iştirok etgandi.

Shuningdek