Ilon Mask köriş qobiliyatini tiklaydigan qurilma taqdimotini e’lon qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hatto tuğilganidan buyon körmaydigan insonlarga ham köriş imkonini berişi mumkin
Foto: SI

Amerikalik milliarder Ilon Mask Neuralink kompaniyasining közi ojiz insonlarga köriş imkoniyatini qaytarişga möljallangan Blindsight qurilmasi haqida ma’lum qildi. Uning aytişiça, texnologiya muhandislik jihatidan tayyor va hozirda tegişli ruxsatlar kutilmoqda. Bu haqda u X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.

Mask 2026-yil 30-oktabrdagi postida Blindsight kompaniyaning ikkinçi mahsuloti ekanini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, qurilma hatto tuğilganidan buyon körmaydigan insonlarga ham köriş imkonini berişi mumkin.

«U muhandislik nuqtayi nazaridan tayyor. Endi faqat regulyatorlar ruxsati kutilmoqda», – deb yozdi milliarder.

Blindsight qanday işlaydi

Blindsight – boş miyaga örnatiladigan implant bölib, közlar va köruv nervlari orqali ötadigan tabiiy köriş jarayonini çetlab ötişga möljallangan. Texnologiya taşqi kameradan olingan tasvirlarni elektr signallariga aylantirib, miyaning köriş uçun mas’ul qismiga uzatişi kerak.

Qurilma közlari yoki köruv nervlari şikastlangan, biroq miyaning köriş uçun mas’ul sohasi saqlanib qolgan insonlarga yordam berişi közda tutilgan.

Blindsight 2024-yil sentabrida AQŞ oziq-ovqat va dori vositalari sifatini nazorat qiliş boşqarmasi (FDA) tomonidan «Breakthrough Device» maqomini olgan. Biroq bu maqom qurilmaning odamlarda qöllaş uçun rasman tasdiqlanganini anglatmaydi.

Hozirça Neuralink Blindsight yordamida insonlarda köriş qobiliyati tiklanganini namoyiş qilmagan. Texnologiyaning samaradorligi klinik sinovlar va keyingi tadqiqotlarda tekşirilişi kerak.

Avvalroq Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi miyaga örnatilgan çip yordamida telefonda gaplaşiş imkonini beruvçi texnologiyani sinovdan ötkazgandi.

Shuningdek