Toşkentda isitiş mavsumi boşlandi

eʼlon qilindi
«Veolia Energy Taşkent» mutaxassislari kuçaytirilgan tartibda işlamoqda
Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar 12-noyabrdan joriy etiladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Toşkent şahrida isitiş mavsumi boşlandi. Turarjoy binolari va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik energiyasini yetkazib beriş bosqiçma-bosqiç yölga qöyilmoqda.

Toşkent şahar hokimligi ma’lumotiga köra, ayni paytda «Veolia Energy Taşkent» mutaxassislari kuçaytirilgan tartibda işlamoqda.

Ular binolarda issiqlik ta’minotini yölga qöyiş hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş bilan şuğullanmoqda.

Şu sabab isitiş mavsumining dastlabki kunlarida ayrim binolarda issiqlik bir maromda taqsimlanmasligi yoki radiatorlarning qisman qizişi kuzatilişi mumkin.

Isitiş bilan boğliq muammolar bölsa qayerga murojaat qiliş kerak

Xonadonda isitiş bilan boğliq muammo yuzaga kelsa, «Veolia Energy Taşkent»ning 1347 qisqa raqamiga murojaat qiliş mumkin. Uşbu xizmat tunu kun işlaydi.

Şuningdek, murojaatlarni @vet_pokazaniya_bot Telegram-boti orqali 24/7 rejimida yuboriş mumkin. Kommunal xizmatlar bilan boğliq masalalar böyiça esa 1055 qisqa raqami faoliyat yuritadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq noyabrning ilk 10 kunligida havo sovişi va yomğir yoğişi haqida xabar berilgandi. Şuningdek, 9 – 11-noyabr kunlari sovuq havo kutilayotgani sababli energiya ta’minotida ayrim vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin. Zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining faoliyati çeklanadi.

Shuningdek