Xitoy AQŞ tovarlariga 24 foizlik bojni keçiktirdi

eʼlon qilindi
Pekin qöşimça bojlarni töxtatib turiş muddatini yana ikki oyga uzaytirdi
Foto: Depositphotos.com

Xitoy AQŞdan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan 24 foizlik qoşimça bojxona bojini qöllamaslik muddatini yana ikki oyga uzaytirdi. Biroq Amerika tovarlariga joriy etilgan 10 foizlik qoşimça boj saqlanib qoladi. Bu haqda Xitoy Davlat kengashining Bojxona tariflari komissiyasi ma’lum qildi.

Qaror 2026-yil 10-noyabr kuni Pekin vaqti bilan soat 13:01 dan kuçga kiradi. Yangi tartib ikki oy davomida amal qiladi.

Xitoy rasmiylariga köra, mazkur qadam AQŞ va Xitoy rahbarlarining Vaşingtondagi uçraşuvida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga qaratilgan.

Xitoy nega bojlarni uzaytirmoqda?

Pekin bayonotida AQŞ Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar töğrisidagi qonun (IEEPA) asosida joriy qilingan, sud qarorlari bilan noqonuniy deb topilgan tariflarni Savdo töğrisidagi qonunning 301-moddasiga asoslangan bojlar bilan almaştiriş niyatini bir neça bor bildirgani qayd etilgan.

Xitoy tomoni AQŞning keyingi qarorlarini diqqat bilan kuzatişini va zarurat tuğilganda özining javob tariflarini qayta körib çiqişini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda aytilişiça, ayrim bojlarni töxtatib turişni davom ettiriş ikki mamlakat kompaniyalari uçun savdo şaroitlarini barqarorlaştirişga va işonçli biznes muhitini saqlaşga yordam beradi.

Reuters ma’lumotiga köra, sentabr oyida AQŞ va Xitoy rahbarlari örtasida Vaşingtonda ötkazilgan uçraşuvdan söng tomonlar özaro bojlarni qariyb $60 mlrd miqdorida kamaytiriş böyiça takliflarni ilgari surgan. Bu takliflar Xitoy 2024-yilda import qilgan qariyb $17 mlrdlik Amerika qişloq xöjaligi mahsulotlarini ham qamrab oladi. Biroq yakuniy kelişuv hozirça rasmiylaştirilmagan.

Xitoyning yangi qarori ikki mamlakat örtasidagi savdo ziddiyatlarini vaqtinça yumşatişi mumkin. Şu bilan birga, 10 foizlik qoşimça boj saqlanib qolayotgani sababli AQŞ tovarlari uçun barcha savdo çeklovlari bekor qilingani yöq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQŞ va Xitoy örtasidagi bojxona tariflari böyiça vaqtinçalik kelişuv yana 90 kunga uzaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek