Ar-Riyoddagi Saudi Aramco binosi raketa hujumidan zarar kördi

eʼlon qilindi
Husiylar Saudiya Arabistonidagi aeroportlar, neft infratuzilmasi va Saudi Aramco obyektlariga hujumlarni kuçaytirmoqda
Foto: Hespress / Instagram

Ar-Riyodda urib tuşirilgan raketalardan qolgan parçalar Saudi Aramco kompaniyasining ma’muriy binosiga zarar yetkazdi. Hodisada jabrlanganlar yöq. Bu haqda Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Binoning bir neça qavatidagi oynalar singan

Vazirlikka köra, poytaxtdagi Saudi Aramco binosiga hujum qilişga uriniş bölgan. Urib tuşirilgan raketalardan qolgan parçalar bino qismlariga zarar yetkazgan. Halok bölganlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Ar-Riyoddagi Saudi Aramco binosining bir neça qavatida oynalar singan.

Bino Qirol Abdulla moliya tumanida joylaşgan. Hodisa oldidan Saudiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Ar-Riyod tomon uçirilgan ikkita qanotli raketa urib tuşirilganini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni Energetika vazirligiga köra, hodisadan söng tegishli xizmatlar voqea joyida zarur çoralarni körgan.

Raketa hujumlari tez-tez takrorlanmoqda

Sönggi haftalarda Ar-Riyod va Saudiya Arabistonining boşqa hududlariga raketa hamda dron hujumlari bir neça bor qayd etildi. Joriy yil 27-oktabr kuni Ar-Riyod tomon uçirilgan 2 ta ballistik raketa urib tuşirilgan. Ularning parçalari bino, quriliş maydoni va avtomobilga zarar yetkazgan. 30-oktabrda esa yana ikkita raketa parçalaridan bir kişi yengil jarohatlangan, uy va avtomobil şikastlangan.

31-oktabrda Ar-Riyod hududida dron, 6-noyabrda esa yana bir dron urib tuşirilgan. Öşa kuni Najron tomon uçirilgan ikkita ballistik raketa ham yöq qilingan. 7-noyabrda Ar-Riyodga yönaltirilgan qanotli raketa tutib qolingan.

Husiylar sönggi haftalarda Saudiya Arabistonidagi aeroportlar, neft infratuzilmasi va Saudi Aramco obyektlariga hujumlarni kuçaytirgan. Saudiya Arabistoni bunga javoban Yamandagi husiylar nazoratidagi hududlarga zarbalar bermoqda.

Avvalroq husiylar Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni töxtatiş evaziga 51 mlrd dollar tovon puli va Yamandagi hokimiyatini rasman tan olişni talab qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek