Özbekiston terma jamoasi futbolçisi Umarali Raxmonaliyev uylanmoqda — video

Özbekiston milliy terma jamoasi va Ozarbayjonning «Sabah» klubi yarimhimoyaçisi Umarali Raxmonaliyev uylanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolçining töy marosimiga tayyorgarlik jarayoni aks etgan video tarqaldi.
Umarali Raxmonaliyev 2003-yil 18-avgustda tuğilgan. 23 yoşli futbolçi yarimhimoyaçi sifatida töp tepadi va hozirda Ozarbayjonning «Sabah» klubi şarafini himoya qilmoqda. Klubda u 7-raqam ostida maydonga tuşadi.
Raxmonaliyev professional faoliyatini «Bunyodkor»da boşlagan. Keyinçalik Rossiyaning «Rubin» klubiga ötgan, 2025-yilda esa «Sabah»ga ijara asosida qöşilgan. 2026-yil yanvarida Ozarbayjon klubi futbolçini doimiy ravişda öz safiga qöşib oldi. Uning «Sabah» bilan şartnomasi 2028-yil oxirigaça amal qiladi.
Özbekiston yoşlar terma jamoasi bilan Osiyo çempioni bölgan
Raxmonaliyev 2023-yilda Özbekiston U-20 terma jamoasi sardori sifatida Osiyo kubogida ğolib çiqqan.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Makon» onlayn telekanali asosçisi va direktori, boşlovçi Amirxon Umarov oila qurgani haqida xabar berilgandi. Uning turmuş örtoği jurnalist Pokiza Idrisxon ekani ma’lum böldi. Töy marosimidan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.