Özbekistonda litsenziyali kriptodökonlar soni 15 taga yetdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi C-Store kompaniyasiga kriptodökon sifatida işlaş uçun litsenziya berdi. Şu tariqa Özbekistonda bunday faoliyatni amalga oşiriş huquqiga ega korxonalar soni 15 taga yetdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ma’lum qildi.
Agentlik ma’lumotiga köra, C-Store haqidagi ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga ham kiritilgan.
Özbekistonda ikkita kriptobirja litsenziyaga ega
ILMAning amaldagi reyestriga köra, hozir mamlakatda kriptobirja faoliyatini amalga oşiriş uçun Asterium va Coinpay litsenziyaga ega. Avval kriptobirja litsenziyasiga ega bölgan Kobea groupning ruxsatnomasi kompaniyaning murojaatiga asosan 2026-yil 25-maydan bekor qilingan.
ILMA fuqarolarga kriptoaktivlar bilan boğliq operatsiyalarni faqat Özbekistonda belgilangan tartibda litsenziya olgan platformalar orqali amalga oşirişni tavsiya qiladi. Agentlikning tushuntirişiça, kriptobirja, kriptodökon, kriptodepozitariy va mayning faqat tegishli litsenziya bilan olib borilişi mumkin.
Litsenziyaga ega kompaniyalar röyxati tashkilotning rasmiy elektron reyestrida e’lon qilinadi. Avvalroq joriy yil 26-oktabr kuni Monetex kompaniyasiga ham kriptodökon faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya berilgan edi.
Kriptodökon nima qiladi?
Kriptodökon orqali mijozlar kriptoaktivlarni qonuniy ravişda sotib olişi yoki sotişi mumkin. Amaldagi qoidalarga köra, jismoniy şaxslar kripto-aktivlarni bank ötkazmasi orqali sömda, ayrim hollarda esa naqd pulga milliy yoki xorijiy valyutada sotib olişi mumkin. Kriptoaktivlarni sotişda esa hisob-kitob milliy valyutada amalga oşiriladi.
Şu bilan birga, mijozni majburiy identifikatsiyadan ötkazmasdan operatsiya qiliş, anonim kripto-aktivlar bilan ayrim bitimlarni amalga oşiriş va mijoz mablağlarini kriptodökonda saqlaş taqiqlangan.
Binance tadqiqotiga köra Özbekistonda kriptoaktivlar bozori uçun nima muhimligi haqida xabar berilgan edi.