Afğonistondagi eng yirik xorijiy bank faoliyatini töxtatdi

Pokistonning Bank Alfalah banki Afğonistondagi faoliyatini töliq töxtatdi. Bankning Kobul va Hirot şaharlaridagi filiallari, şuningdek, ularga tegişli aktivlar va majburiyatlar mahalliy Ghazanfar Bankka ötkazildi. Bu haqda kompaniyaning Pokiston fond birjasiga yuborgan rasmiy xabarida ma’lum qilindi.
Bitim 2026-yil 5-noyabrda yakunlangan. Buning uçun Pokiston Markaziy banki va Afğoniston Markaziy bankining tegişli ruxsatnomalari olingan hamda kelişuvda belgilangan barça şartlar bajarilgan.
Şundan söng Bank Alfalah Afğonistonda bank xizmatlarini körsatişni töxtatdi. Uning mamlakatdagi filiallarini rasman yopiş işlari amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq davom ettiriladi.
Mijozlarning mablağlari nima böladi?
Bankning rasmiy bildirişiga köra, Kobul va Hirotdagi filiallar mijozlariga 2-noyabrgaça öz hisobvaraqlaridagi mablağlarni Ghazanfar Bankka ötkaziş yoki pullarini qaytarib olib, hisobvaraqlarini yopiş variantlari taklif qilingan.
Belgilangan muddatda qaror bildirmagan mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablağlar avtomatik ravişda Ghazanfar Bankka ötkazilişi nazarda tutilgan.
Yangi bankda hisobvaraği bölmagan mijozlarning pullari esa ular hisobvaraq oçmagunça yoki mablağlarini qaytarib olişni söramagunça saqlab turiladi.
Bank Afğonistonda qança vaqt işladi?
Bank Alfalah Afğoniston bozoriga 2005-yilda kirib kelgan. Dastlab Kobulda faoliyat boşlagan moliya muassasasi keyinçalik Hirotda ham filial oçgan.
Bank mamlakatda an’anaviy va islomiy bank xizmatlarini, jumladan, omonatlar, pul ötkazmalari va hisob-kitob operatsiyalarini taklif qilgan.
Bank Alfalah öz rasmiy saytida Afğonistondagi eng yirik xorijiy bank sifatida körsatilgan. Kompaniya Pokistonda mingdan ortiq filiallarga ega bölib, xalqaro bank xizmatlarini ham taqdim etadi.
Afğonistondagi biznesni sotiş jarayoni 2025-yil dekabrda boşlangan. Öşanda Ghazanfar Bank uşbu aktivlarni sotib oliş böyiça dastlabki taklif bilan çiqqan. 2026-yil yanvar oyida esa ikki mamlakat regulyatorlari bitimni dastlabki örganişga ruxsat bergan.
Tomonlar kelişuvning yakuniy qiymatini oçiqlamagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston Markaziy banki islomiy banklar uçun alohida pul-kredit instrumentlarini işlab çiqayotgani haqida xabar bergan edi.