Qoraqalpoğistonda «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi

eʼlon qilindi
Kompaniya 2026-yil 15-noyabrdan faoliyat boşlaşi rejalaştirilgan
Foto: Unsplash

Qoraqalpoğistonda yaylovlarni özlaştiriş va çorvaçilik loyihalarini rivojlantiriş uçun «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Yangi kompaniya 2026-yil 15-noyabrdan faoliyat boşlaşi rejalaştirilgan.

Prezident qaroriga köra, «Bözatov agrostar» kompaniyasi çöl-yaylov ösimliklari uruğlarini granulalaş, kapsulalaş va ularni dronlar yordamida ekiş bilan şuğullanadi.

Buning uçun 10 ta dron, ularni taşişga möljallangan maxsus transport vositalari va 2 ta granulyator xarid qilinadi. Şuningdek, mutaxassislar dronlarni boşqariş va ulardan samarali foydalaniş böyiça maxsus kurslarda öqitiladi.

100 ming gektar yaylovga uruğ sepiladi

2030-yil yakuniga qadar Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylov maydoniga çöl şaroitiga mos ösimliklar uruğini dron yordamida ekiş rejalaştirilgan.

Ular orasida qandim, çerkez, çöğon, baliqköz, donaşör, şuvoq va izen kabi ösimliklar bor.

Ayrim yer ijaraçilariga tölovni bölib tölaşga ruxsat beriladi

Qoraqalpoğistonda 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 15-aprelgaça oçiq elektron tanlov orqali ijaraga berilgan ayrim qişloq xöjaligi yerlariga doir qöşimça tölovlar böyiça ham yengillik beriladi.

Agar qöşimça tölov miqdori yer uçastkasi normativ qiymatining tört baravari yoki undan yuqori bölsa, ijaraçilarga uşbu tölovning normativ qiymatning bir baravariga teng qismini uç yil davomida foizsiz bölib tölaşga ruxsat beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Aşşiköl hududida 50 ming aholiga möljallangan Nukus city qurilişi haqida xabar berilgandi. Prezident qaroriga köra, yangi hudud ilğor arxitektura yeçimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida barpo etiladi. Bunda Yangi Toşkent loyihasi tajribasi va xorijiy taşkilotlar tavsiyalari asosida zamonaviy boş reja işlab çiqiladi.

Shuningdek