Mahalliy texnika uçun 18 foizli kreditlar ajratiladi

eʼlon qilindi
Davlat xaridlari uçun yagona platforma yaratiladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekistonda işlab çiqarilgan muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun aholiga yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlarni qöllab-quvvatlaş va xaridlarni rejalaştiriş tizimi özgartiriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotda aytdi.

Yangi moliyaviy mexanizm mahalliy maişiy texnika savdosini oşiriş va aholining bunday mahsulotlarni xarid qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Mutasaddilarga ikki hafta içida hisob-kitoblarni tayyorlaş va tijorat banklariga uşbu maqsadlar uçun arzon resurs ajratiş böyiça taklif kiritiş topşirildi.

Davlat xaridlari uçun yagona platforma yaratiladi

Özbekistonda har yili davlat xaridlari doirasida 10 trillion sömlik elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi. Avval tadbirkorlar davlat korxonalarining buyurtmalarini tört-beşta alohida platformadan kuzatişga majbur bölgan. Endilikda barça davlat buyurtmalari yagona platformada jamlanadi.

Bundan taşqari, 2027-yil 1-yanvardan davlat xaridlari böyiça uç yillik rejalarni oldindan e’lon qiliş boşlanadi. Bu tadbirkorlarga kelgusi talabni oldindan biliş, işlab çiqarişni kengaytiriş, uskunalar xarid qiliş va investorlarni jalb etiş imkonini beradi.

Davlat xaridlarida mahsulotni faqat eng arzon narxiga qarab tanlaş amaliyoti ham qayta körib çiqiladi. Çunki dastlab arzon bölgan mahsulotdan foydalaniş, uni ta’mirlaş va saqlaş keyinçalik köproq xarajat talab qilişi mumkin.

Masalan, nazorat xaridi doirasida örganilgan ikkita 40 kilovattli transformatordan import qilingani mahalliy mahsulotdan 400 ming söm arzon bölgan. Biroq import transformator elektr energiyasini 10 foiz köproq sarflagan, undan foydalaniş davridagi ta’mirlaş xarajatlari esa tört baravar yuqori çiqqan.

Şu sababli davlat xaridlarida «life cost» – mahsulotning butun xizmat muddati davomida ketadigan xarajatlarni hisoblaş tizimi joriy etiladi. Bunda xarid narxi bilan birga elektr energiyasi sarfi, ta’mirlaş, servis va boşqa foydalaniş xarajatlari ham hisobga olinadi.

Mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun talablar kengayadi

Hozir energetika sohasidagi xususiy şeriklik loyihalarida mahalliy mahsulotlar uluşi kamida 25 foiz, kabel mahsulotlari uluşi esa 70 foiz bölişi talab etiladi. Endilikda bunday talablar alohida soliq va boşqa imtiyozlardan foydalanayotgan yoki davlatdan arzon resurs olgan, qiymati 10 mln dollardan yuqori investitsiya loyihalariga ham tatbiq etiladi.

Şuningdek, podstansiya, transformator, elektr şkaflari va yuqori kuçlanişli kabellar işlab çiqaradigan korxonalar uçun quriliş-montaj xizmatlarini körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

«Şaffof quriliş» platformasida energetika loyihalari pudratçilariga qöyiladigan talablar bino qurilişi bilan bir xil bölib, sohaning texnologik xususiyatlarini töliq hisobga olmaydi. Şu bois bir oy içida platformada energetika loyihalari uçun alohida bölim taşkil etiş va pudratçilarga qöyiladigan talablarni uşbu yönalişga moslaştiriş topşirildi.

Xalqaro tenderlarda bank kafolatlari oliş osonlaşadi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xorijiy davlat xaridlarida ham qatnaşmoqda. Masalan, «NURA Electric» kompaniyasi Kambodjada qiymati 2 mln dollar bölgan tenderda ğolib çiqqan.

Biroq yirik xalqaro tenderlarda qatnaşiş uçun zarur bank kafolatlarini oliş tadbirkorlarga qiyinçilik tuğdirmoqda. Masalan, 10 mln dollarlik kafolat oliş uçun şunça qiymatga mos garov talab qilinişi mumkin.

Şu munosabat bilan banklarga işlab çiqariş tajribasi, barqaror pul aylanmasi va yetarli moliyaviy imkoniyatga ega korxonalar uçun kafolat berişning soddalaştirilgan tartibini işlab çiqiş topşirildi. Yangi tartib bir oy içida tadbirkorlarga e’lon qilinişi kerak.

Avvalroq prezident xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotda kelgusi 3 yilda Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati $11,6 mlrd bölgan 164 ta loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgani haqida aytgandi.

Shuningdek