Hafta davomida qanday ob-havo böladi

Özbekistonda hafta davomida sovuq va nam havo massalari kirib kelişi sabab harorat pasayib, ayrim hududlarda kuçli yomğir yoğadi. Şimoliy hududlarda keçasi harorat -7 darajagaça tuşişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.
10-noyabr kuni respublikaning barça hududlarida yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi va momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.
Qoraqalpoğistonda yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor. Ayrim hududlarda şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayadi.
Harorat keçasi 7–12 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi. Şimolda keçasi 0–5 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq kutilmoqda.
11-noyabrda ham yomğir davom etadi
11-noyabr kuni Özbekiston hududining katta qismida yomğir yoğadi, ayrim joylarda u kuçli bölişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi. Şimoliy hududlarda keçasi -2…-7 daraja, kunduzi 3–8 daraja iliq kutilmoqda.
12-noyabr kuni respublika böyiça yoğingarçilik prognoz qilinmagan. Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqaça pasayişi mumkin. Kunduzi 7–12 daraja iliq böladi. Şimolda keçasi -2…-7 daraja, kunduzi 3–8 daraja iliq kutilmoqda.
13-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqaça, kunduzi esa 7–12 daraja iliq böladi. Şimolda keçasi -2…-7 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq kutilmoqda.
Toşkentda havo soviydi
10-noyabr kuni Toşkentda yomğir yoğadi va momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi 12–14 daraja iliq böladi. 11-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat keçasi 5–7 daraja, kunduzi 8–10 daraja iliq böladi.
12-noyabr kuni poytaxtda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 1–3 daraja, kunduzi 10–12 daraja iliq böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq noyabrning ilk 10 kunligida havo sovişi va yomğir yoğişi haqida xabar berilgandi. Şuningdek, 9 – 11-noyabr kunlari sovuq havo kutilayotgani sababli energiya ta’minotida ayrim vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin. Zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining faoliyati çeklanadi.