Koinotdan sirli radio signal keldi

Xitoy boşçiligidagi olimlar jamoasi Yerdan 238 yoruğlik yili uzoqlikdagi K2-155 yulduz tizimi yönalişidan sirli tor diapazonli radio signalni aniqladi. NBS 260108 deb nomlangan signal begona sivilizatsiya texnologiyasi izlari bölişi mumkin bölgan nomzod sifatida qayd etilgan, biroq uning manbasi hozirça aniqlanmagan. Signal Xitoydagi dunyodagi eng yirik bir tarelkali radioteleskop – FAST yordamida 2021-yilda olingan ma’lumotlarni yangi dastur orqali qayta tahlil qiliş jarayonida topilgan. Tadqiqot The Astronomical Journal jurnalida çop etilgan.
Signal faqat bitta yönalişda qayd etilgan
NBS 260108 1148,4167 megagers çastotasida qayd etilgan. Uning çastotasi vaqt ötişi bilan asta-sekin pasaygan. Bunday tor diapazonli va çastotasi siljiydigan signallar olimlar tomonidan texnologik kelib çiqişga ega bölişi mumkin bölgan signallarni izlaşda alohida örganiladi.
FAST bir vaqtning özida osmonning turli qismlarini kuzatuvçi 19 ta nurdan foydalanadi. Signal faqat K2-155 yönalişiga qaratilgan asosiy nurda qayd etilgan, qolgan 18 ta nurda esa unga mos signal kuzatilmagan.
K2-155 tizimida uçta «super-Yer» mavjud. Ulardan K2-155 d sayyorasi yulduzning yaşaşga yaroqli zonasiga yaqin joylaşgan. Uning radiusi Yernikidan taxminan 1,6 baravar katta va yulduzi atrofini qariyb 40,7 kunda aylanib çiqadi.
Signal begona sivilizatsiyadan kelganmi
Hozirça buni aytiş uçun asos yetarli emas. Tadqiqotçilar signalning kelib çiqişini aniqlaş uçun qöşimça tekşiruvlar zarurligini ta’kidlagan. Xususan, signal FAST teleskopining 19 ta nuridagi dastlabki yozuvlar bilan taqqoslanadi. Bu uning haqiqiy osmon manbasidan kelganini yoki Yerda yuzaga kelgan radio xalaqit ekanini aniqlaşga yordam beradi.
Tahlil davomida signalning ayrim xususiyatlari uning Yer yoki teleskop uskunalari bilan boğliq bölişi mumkinligini ham körsatgan. Şu sababli olimlar NBS 260108ni hozirça tasdiqlangan begona texnologik signal emas, balki qöşimça örganişga arziydigan nomzod sifatida körmoqda.
Avvalroq astronomlar ilk bor inson köziga yaşil bölib körinadigan yulduzni aniqlagandi.