NASA Oyda yaşab, işlaydigan odamlarni qidirmoqda

eʼlon qilindi
Oyga yuk yetkaziş uçun $10 mlrdlik şartnomalar
A group of astronaut candidates in blue flight suits wave to the audience on stage, with a NASA logo and image of the Moon behind them.
Foto: NASA

NASA Oyda quriladigan bazada yaşaş va işlaş uçun yangi astronavtlar guruhini tanlaydi. Nomzodlar 2026-yil 3-dekabrgaça ariza topşirişi kerak. Tanlangan mutaxassislar «Artemis» dasturi doirasida Oyga parvoz qiliş va kelajakda Marsga yönaltiriladigan missiyalarga tayyorgarlik köradi. Bu haqda NASA 7-noyabr kuni ma’lum qildi.

Kimlar ariza topşirişi mumkin

NASA astronavtlikka nomzodlardan bir neçta talablarni bajarişni söraydi. Jumladan, talabgor AQŞ fuqarosi bölişi va akkreditatsiyadan ötgan oliy ta’lim muassasasida STEM yönalişlaridan biri böyiça magistr darajasiga ega bölişi kerak.

Bunday yönalişlarga muhandislik, biologiya, fizika va kompyuter fanlari kiradi. Nomzodlar arizalarini 2026-yil 3-dekabr kuni AQŞ Şarqiy vaqti bilan soat 23:59 gaça yuborişi lozim. NASA yangi astronavtlarni 2027-yil oxirida tanlab olişi kutilmoqda.

Tanlanganlar Oy yuzasida işlaş, Yer orbitasidan taşqarida yaşaş va murakkab kosmik missiyalarni bajariş böyiça tayyorgarlikdan ötadi.

Oyga yuk yetkaziş uçun $10 mlrdlik şartnomalar

NASA astronavtlarni tanlaş bilan birga, Oy bazasi uçun zarur yuk va uskunalarni yetkazib beriş böyiça ham yangi tanlov e’lon qildi.

Agentlik Commercial Lunar Payload Services (CLPS) dasturining ikkinçi bosqiçi doirasida sakkizta kompaniyani Oyga yuk taşiş xizmatlari böyiça şartnomalar uçun taklif kiritişga çaqirdi. Ular orasida SpaceX, Blue Origin va Lockheed Martin Space ham bor.

CLPS 2 deb nomlangan yangi bosqiç 10 yilga möljallangan. Şartnomalarning umumiy maksimal qiymati 10 mlrd dollarni taşkil etadi. Ğolib kompaniyalar Oyga ilmiy uskunalar, texnologiyalar va infratuzilma elementlarini yetkazadigan qöniş apparatlarini yaratiş, quriş va boşqariş bilan şuğullanadi.

Bu NASAning Oy yuzasida uzoq muddatli faoliyat yuritiş rejalari uçun muhim bosqiç hisoblanadi. Astronavtlar va ilmiy uskunalarni Oyga yetkaziş, u yerda yaşaş hamda işlaş uçun zarur infratuzilmani şakllantiriş «Artemis» dasturining asosiy vazifalaridan biridir.

Avvalroq NASA Xalqaro kosmik stansiyadan turib, Madagaskarning janubidagi qariyb 100 kvadrat kilometr maydonni egallagan anortozit massivini suratga olgandi.

Shuningdek