Ob-havo – biznes vositasi: agrometeostansiya fermerning hosilini qanday saqlab qoldi

eʼlon qilindi
Ob-havo prognozidan – biznes uçun yeçimlargaça
Foto: BMT Taraqqiyot dasturining Aid for Trade loyihasi doirasida foydalanilgan agrometeostansiya, öngda – Rasuljon Xolmirzayev.

Uşbu maqolada mahalliy ob-havo ma’lumotlari qanday qilib xavf-xatarlarni boşqariş vositasiga aylanişi va nima sababdan hamyonbop texnologiyalar agrobiznes uçun muhim ahamiyatga ega ekani haqida söz yuritamiz.

Kunlarning birida Rasuljon Xolmirzayevga bir neça yaşik uzum olib kelib berişdi. Ularni kim va nima maqsadda yuborganini u boşida tuşunmadi. Keyinroq ma’lum bölişiça, bundan bir neça oy avval yaqinlaşib kelayotgan ayoz haqida ogohlantiriş olgan fermer şu tariqa öz minnatdorçiligini bildirgan ekan. Öşa paytlarda Rasuljon Xolmirzayev Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi fermerlarga mahalliy agrometeostansiya ma’lumotlari asosida muntazam ravişda ob-havo prognozlari va tavsiyalar yuborib turar edi.

Uşbu fermer sovuqlarga oldindan tayyorgarlik körgan va havo keskin sovigan tunda tokzorida tutatqilarni taşkillaştirgan. Rasuljon Xolmirzayevning sözlariga köra, mazkur fermer uzumzorida hosilni saqlab qolişga muvaffaq bölingan, vaholanki, qöşni boğ va uzumzorlar jiddiy zarar körgan. Uzum pişib yetilgaç, uşbu fermer öz vaqtida berilgan muhim ma’lumot uçun mutaxassisga şu tariqa minnatdorçilik bildirgan.

Uşbu voqea fermerlar uçun mahalliy ob-havo ma’lumotlari qançalik muhimligining yaqqol isbotidir. Agrometeostansiya – bu şunçaki havo haroratini bilişning yana bir usuli emas. Agar undan töliq va töğri foydalanilsa, u mevalarni sovuq urişi, kasallik yoki zararkunandalar xavfi qaçon yuzaga kelişini, boğga aynan qaçon işlov beriş kerakligini, şuningdek, yomğir yoxud şamol tezligi bu işlovning samaradorligini yöqqa çiqarmaydimi – bularning barçasini aniqroq belgilaş imkonini beradi.

Ob-havo prognozidan – biznes uçun yeçimlargaça

Rasuljon Xolmirzayev mazkur jarayonlarga 2017-yilda BMT Taraqqiyot dasturining Aid for Trade – «Savdoni rivojlantirişga kömaklaşiş» loyihasi doirasida jalb etilgan. Öşa paytda u ösimliklar karantini tizimida inspektor lavozimida işlar edi. Oradan taxminan bir yil ötib, 2018-yilda Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi boğlardan birida Germaniyada işlab çiqarilgan agrometeostansiya örnatildi. Mutaxassislarga undan faqatgina ob-havoni prognoz qiliş emas, şu bilan birga, ösimliklarni himoyalaş, suğoriş işlarini boşqariş va mevali daraxtlarning stress holatini baholaşda foydalaniş amaliyoti örgatildi.

Keyinroq Rasuljon Xolmirzayev bunday meteostansiya bilan Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida, asosan, uzumning uruğsiz kişmiş navlari yetiştiriladigan hududda öz faoliyatini davom ettirdi. U mahalliy fermerlar uçun Telegram-kanalini işga tuşirdi, uşbu kanalga 200 ga yaqin fermer va dehqonlar a’zo bölgan edi. Ularning aksariyati uzumçilikka ixtisoslaştirilgan bölsa-da, uşbu fermerlar içida sabzavot, paxta va ğalla yetiştiruvçilarni ham uçratiş mumkin edi. Mutaxassis kanalda har hafta havo harorati, yoğingarçilik, namlik, şamol tezligi va yönalişi hamda boşqa muhim ma’lumotlar prognozini ulaşib bordi.

Şu bilan birga, fermerlar şunçaki raqamlar tuşirilgan jadvalni emas, balki aniq tavsiyalarni olar edi. Rasuljon Xolmirzayev uşbu ma’lumotlar aynan fermerlar faoliyatida nimani anglatişini: ekinlarga qaçon işlov beriş kerakligini, biror kasallik yoki zararkunandaning tarqaliş xavfi bor-yöqligini va havo haroratining keskin sovişiga tayyorgarlik köriş kerakmi yoki yöqligini tuşuntirib berardi. Smartfoni yöq fermer va dehqonlarga esa muhim ogohlantirişlar SMS orqali yuborilar edi.

Aid for Trade özi nima

Aid for Trade – BMT Taraqqiyot dasturining Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantiriş, işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş hamda kiçik va örta biznes imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan köp yillik loyihasidir. Dastur bir neça izçil bosqiçda amalga oşirildi. Rasuljon Xolmirzayev mazkur jarayonlarga 2017-yilda jalb qilingan va uşbu loyihada qariyb tört yil davomida iştirok etgan.

Telefonda ob-havo prognozi bölsa, fermerga meteostansiyaning nima keragi bor

Qişloq xöjaligiga aloqasi bölmagan odam uçun bu, ehtimol, eng asosiy savoldir. Bugungi kunda deyarli har qanday smartfon haroratni, yomğir yoğiş ehtimolini va şamol tezligini körsatadi. Xöş, unda fermer xöjaligiga alohida meteostansiyaning nima keragi bor?

Muammo şundaki, qişloq xöjaligida ob-havo köpinça lokal xususiyatga ega. Xolmirzayev bunga Töraqörğon tumanini misol qilib keltiradi. Internetdagi umumiy ob-havo ma’lumoti butun hudud böylab yomğir yoğişini başorat qilsa-da, aslida yoğingarçilik hududning faqat bir qismidagina kuzatiladi. Oddiy odam uçun bunday noaniqlikning unçalik ahamiyati yöq. Biroq bir neça gektar maydonga qimmatbaho preparat bilan işlov bermoqçi bölgan fermer uçun bu holat töğridan töğri moliyaviy yöqotişlarga olib kelişi mumkin.

Sovuq uriş (ayoz) xavfi bilan boğliq vaziyatda ham xuddi şunday. Boğbonga «viloyatda havo sovişi kutilmoqda» degan umumiy xabarning özi kifoya qilmaydi. Dehqonga xavf aynan uning boğiga qançalik ta’sir qilişini anglaş hamda tayyorgarlik körişga ulguriş uçun ma’lumotni iloji boriça oldindan oliş muhimdir.

Mahalliy meteostansiya ob-havo şaroitini bevosita dalaning özida yoki unga tutaş hududda qayd etib boradi. Bu ma’lumotlar prognoz tizimi bilan uyğunlaşganda, odatiy viloyat yoki tuman prognozidan farqli ölaroq, ança kiçik hudud uçun ham aniq qarorlar qabul qiliş imkonini beradi.

Foto: Tizim interfeysi – harorat, yoğingarçilik va şamol prognozi bilan bir qatorda, foydalanuvçiga agrometeorologik körsatkiçlar hamda işlov beriş (preparat sepiş) uçun qulay vaqt ham taqdim etilgan.

Meteostansiya aslida nimani ölçaydi

Loyihada foydalanilgan tizim odatiy ob-havo xizmatiga qaraganda köproq körsatkiçlarni kuzatib borgan. Datçiklar havo harorati va namligini, yoğingarçilik miqdorini, şamol tezligi va yönalişini, şuningdek, tuproq harorati, namligi va elektr ötkazuvçanligini ölçagan. Ma’lumotlar mobil aloqa orqali serverga uzatilgan va onlayn tizimda namoyiş etilgan. Qurilmaning özi kiçik quyoş paneli yordamida mustaqil işlay olardi.

Dasturiy platforma agronomlar faoliyatida qöllaniladigan bir qator qöşimça körsatkiçlarni, masalan, şudring nuqtasi, namlikning buğlanişi va suv buği bosimi defitsitini hisoblab berardi. Şuningdek, tizimda yoğingarçilik ehtimoli, şamol, tuproq harorati, quyoş radiatsiyasi va barglarning namlanişini öz içiga olgan bir haftalik prognoz ham taqdim etilgan.

Biroq qişloq xöjaligi uçun bu körsatkiçlarning jarangdor nomi emas, balki ular asosida qabul qilinadigan qarorlar muhimroqdir. Masalan, yoğingarçilik va buğlaniş haqidagi ma’lumotlar suğoriş işlarini aniqroq rejalaştirişga yordam bersa, şamol va yomğir prognozi ösimliklarga işlov berişning eng maqbul vaqtini tanlaşga xizmat qiladi. Harorat va namlik esa ma’lum bir kasalliklarning tarqaliş xavfini baholaş imkonini beradi.

Işlov berişga sarflangan mablağ behuda ketmasligi uçun nima qiliş lozim

Dehqonçilikda kasallik yoki zararkunandalarga qarşi şunçaki yaxşi preparat sotib olişning özi kamlik qiladi. Undan ayni vaqtida foydalaniş ham xuddi şunday muhimdir. Rasuljon Xolmirzayevning eslaşiça, u meteoma’lumotlar asosida fermerlarni oldindan ogohlantira olgan: ikki-uç kundan söng ma’lum bir zararkunandaga qarşi işlov beriş eng yuqori samara keltiradigan davr boşlanadi.

Yangi alifboga ögiriş: Buning mohiyati juda oddiy. Haşarotlarning rivojlanişi havo haroratiga bevosita boğliq. Muayyan miqdordagi issiqlikning töplanişi mutaxassisga zararkunanda qaysi rivojlaniş bosqiçida ekanini hamda unga qarşi kuraş qaçon eng yaxşi natija berişini taxminan aniqlaş imkonini yaratadi. Loyihaning öquv materiallarida bunday yondaşuv mevaxör, şira, kana va boşqa zararkunandalar misolida körib çiqilgan.

Kasalliklarni aniqlaşda esa boşqa omillarning özaro boğliqligi – harorat, namlik, yoğingarçilik, barglarning namlanişi hisobga olingan. Bunday şaroitlar, masalan, zamburuğli yoki bakterial kasalliklar xavfining ortişini körsatişi mumkin.

Ammo biologik nuqtayi nazardan muayyan kun işlov beriş uçun mos kelsa-da, ob-havo şaroiti uning samarasini yöqqa çiqarib qöyişi mumkin. Misol uçun, agar preparat sepilgandan keyin tez orada yomğir yoğsa, preparatning bir qismi yuvilib ketadi. Agar preparat sepiliş vaqtida şamol ma’lum bir me’yordan kuçliroq bölsa, tayyorlangan eritmani möljallangan maydondan uçirib yuboradi.

Şuning uçun tizim bir vaqtning özida ikkita savolga javob topişga yordam bergan: hozir zararkunanda yoki kasallikka qarşi kuraşiş kerakmi va bugungi kun işlov beriş uçun mosmi? Biznes nuqtayi nazaridan bu – preparatlar, texnika, yoqilği va işçilar mehnatiga ketadigan xarajatlarning oldini oliş imkoniyati.

Meteostansiya va elektron tutqiç

Xuddi şu faoliyat doirasida yana bir raqamli vosita – elektron feromon tutqiçlarni sinovdan ötkaziş boşlandi.

Oddiy feromon tutqiç ma’lum bir turdagi haşarotni öziga jalb qiladi. Uşlangan haşarotlar soniga qarab, mutaxassis zararkunandalar soni ortib borayotganini va u xavfli darajaga yaqinlaşayotganini tuşunişi mumkin. Biroq muammo şundaki, bunday tutqiçlarni muntazam ravişda aylanib, tekşirib turiş kerak. Rasuljon Xolmirzayev eslaydiki, uşbu tutqiçlarni har ikki-uç kunda aylanib tekşirişga töğri kelgan.

Bu muammo mahalliy dasturçilar – «Amudario Researç» ilmiy-tadqiqot guruhi bilan muhokama qilinganidan söng, uning elektron versiyasi yaratildi. U tasvirlarni masofadan uzatiş, haşarotlar miqdorini qayd etiş va ular sonining ösiş dinamikasini körsatiş imkoniyatiga ega edi. Loyihaning texnik taqdimotida elektron tutqiçni agrometeostansiya ma’lumotlari bilan integratsiya qiliş közda tutilgan edi.

Şu tariqa meteostansiya ob-havo şaroitlarining zararkunanda rivojlanişi uçun qançalik qulay ekanligini baholaşga yordam bergan bölsa, feromon tutqiç boğ yoki dalada ularning soni bilan aslida nima sodir bölayotganini körsatib turgan. Fermer va dehqonlar uçun bu endi şunçaki ob-havo prognozi emas, balki xavflarni monitoring qiluvçi ixçam raqamli tizimdir.

Foto: Rasuljon Xolmirzayev zararkunandalarni monitoring qiliş uçun yelimli tutqiç bilan.

Qurilma narxi: 4,5 ming yevro yoki 700 dollar

Uşbu texnologiyaning kiçik va örta fermer xöjaliklari orasida keng tarqalişiga tösqinlik qiluvçi asosiy omillardan biri – uskunaning narxi edi. Rasuljon Xolmirzayevning sözlariga köra, u ilk bor işlatgan nemis agrometeostansiyasining narxi qariyb 4,5 ming yevroni taşkil qilgan, bundan taşqari, dasturiy ta’minot uçun yiliga taxminan 300 yevro tölaş kerak edi.

Loyiha doirasida yanada hamyonbop yeçim izlaşga kirişildi. Natijada özbekistonlik dasturçilar, xususan, «Amudario Researç» ilmiy-tadqiqot guruhi mahalliy agrometeostansiyani işlab çiqdi. Rasuljon Xolmirzayevning eslaşiça, uşbu qurilmaning narxi 700 dollar atrofida bölgan.

Mutaxassis uni import qilingan meteostansiya bilan bir qatorda qariyb bir yil sinovdan ötkazgan:

«Ölçanadigan körsatkiçlar böyiça men heç qanday sezilarli farq körmadim. Biroq mahalliy stansiyada biror qism işdan çiqqan taqdirda, kerakli ehtiyot qismini juda tez topiş imkoni bor edi. Çetdan keltirilgan meteostansiyalarda buning uçun ança uzoq kutişga töğri kelardi», – deydi Rasuljon Xolmirzayev.

Töğri, uşbu baholaş xorijiy va mahalliy meteostansiyalarning mustaqil laboratoriyadagi taqqoslamasi emas – bu yerda gap foydalanuvçining amaliy tajribasi haqida bormoqda. Ammo narxlardagi farqning özi yana bir muhim jihatni yaqqol körsatadi: agrotexnologiyalarni keng joriy etiş uçun ularning samaradorligini isbotlaşning özi yetarli emas. Ular iqtisodiy jihatdan hamyonbop va mamlakat içida texnik xizmat körsatiş imkoniga ega bölişi kerak.

Kiçik fermer xöjaliklari uçun yana bir qulay variant mavjud – agar ularning yer maydonlari bir-biriga yaqin joylaşgan bölsa, bir neçta qöşni xöjaliklar bitta stansiyadan birgalikda foydalanişi mumkin.

Texnologiyaning özi qaror qabul qilmaydi

Rasuljon Xolmirzayevning tajribasi qişloq xöjaligini raqamlaştirişdagi yana bir muhim jihatni oçib beradi. Dalalarga datçiklar örnatib, ekranga önlab grafiklarni çiqariş va bir haftalik prognozni avtomatik ravişda oliş mumkin. Ammo, bu – fermer qanday qaror qabul qiliş kerakligini öz-özidan tuşunib oladi, degani emas.

Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida texnologiya bilan fermer örtasida murakkab ma’lumotlarni amaliy harakatlar tiliga ögirib beruvçi mutaxassis turgan edi. Dehqonlarga «havo namligi falon foizni taşkil etadi» degan quruq raqamlar emas, balki quyidagiça aniq maslahatlar berilgan:

  • hozir kasallik tarqaliş xavfi ortib bormoqda;
  • bir neça kundan keyin zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun eng qulay davr boşlanadi;
  • kuçli şamol tufayli bugungi işlov berişni boşqa kunga qoldirgan ma’qul;
  • sovuq uriş xavfi bor – oldindan tayyorgarlik köriş kerak.

Aynan şuning uçun ham bu holatda agrometeostansiya daladagi şunçaki bir uskuna emas, balki qişloq xo‘jaligidagi xavf-xatarlarni boşqaruvçi asosiy vositalardan biriga aylandi.

Kunlarning birida Rasuljon Xolmirzayevga kutilmaganda yuborilgan bir neça yaşik uzum esa bunday tizimning amaliy qadrini yaqqol körsatib turibdi: öz vaqtida olingan ma’lumot hosilni saqlab qoliş yoki butunlay boy beriş örtasidagi hal qiluvçi omil bölişi mumkin.

Mazkur maqola uçun ma’lumotlar FAO/YTTBning «Özbekistonning meva-sabzavotçilik sohasida qöşilgan qiymat zanjirini yaşillaştiriş (Greening the Horticultural Value Çain)» loyihasidan olindi.

Shuningdek