Mirziyoyev Turkiyaga boradi

eʼlon qilindi
Mirziyoyev COP31 da nutq sözlaydi
Foto: Özbekiston prezidenti matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 – 11-noyabr kunlari BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi – COP31 da iştirok etiş uçun Turkiyaning Antaliya şahrida böladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev COP31 da nutq sözlaydi

COP31 da davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar iştirok etadi.

Sammit kun tartibidan iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarşi çoralar köriş hamda «yaşil» taraqqiyotni rivojlantiriş böyiça xalqaro hamkorlik masalalari örin olgan.

Prezident sammitning yalpi sessiyasida nutq sözlaydi. Şuningdek, u qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazadi.

Özbekiston BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qöşilgan. Mamlakat 2018-yilda Parij bitimining iştirokçisiga aylangan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uçraşgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek