Issiqdan himoya va toza suv yiliga 1,6 mln hayotni saqlaşi mumkin — JSST

Iqlim özgarişining inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirişga qaratilgan 6 ta çorani keng joriy etiş orqali dunyo böyiça yiliga qariyb 1,6 mln bevaqt ölimning oldini oliş mumkin. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining yangi hisobotida ma’lum qilindi.
Toza suv, sanitariya va jaziramadan himoya
Hisobotda jazirama haqida erta ogohlantiriş tizimlarini rivojlantiriş, iqlim özgarişiga çidamli içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş, sanitariya va qöl yuviş imkoniyatlarini kengaytiriş tavsiya etilgan.
Şuningdek, uy-joylarda ovqat tayyorlaş va isitişda tozaroq yoqilği hamda texnologiyalardan foydalaniş, qazib olinadigan yoqilğilar uçun samarali narx siyosatini joriy etiş ham muhim çoralar qatoriga kiritilgan.
Har $1 örtaça $24 foyda keltirişi mumkin
JSST hisob-kitobiga köra, bu çoralar nafaqat insonlar hayotini saqlaşga, balki atmosferaga çiqadigan zararli gazlarni kamaytirişga ham yordam beradi. Ularni keng miqyosda joriy etiş yiliga qariyb $3,9 trln iqtisodiy foyda va qöşimça $5,4 trln fiskal samara keltirişi mumkin.
Hisobotda baholangan 5 ta çora böyiça sarflangan har bir $1 örtacha $24 foyda keltirişi qayd etilgan. Jaziramadan erta ogohlantiriş tizimlarida esa bu körsatkiç har bir $1 uçun $835 gaça yetişi mumkin.
JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus iqlim inqirozi ayni paytda sog‘liqni saqlaş inqirozi ham ekanini ta’kidladi.
«Iqlim inqirozi — soğliqni saqlaş inqirozi hamdir, biroq uning katta qismini bizda mavjud vositalar yordamida oldini oliş mumkin», – dedi u.
Avvalroq Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining «JSST Boş direktorining global soğliqni saqlaşga qöşgan hissasi uçun mukofoti» bilan taqdirlangani haqida xabar berilgan edi.