Erdöğon Ozarbayjon bilan munosabatlarga izoh berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Ozarbayjon bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kelişmovçiliklarga qaramay, ikki davlat örtasidagi hamkorlik va qardoşlik riştalari mustahkamligini ta’kidladi. Bu haqda u Ozarbayjonga taşrifidan qaytayotganida jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Erdöğonning sözlariga köra, Turkiya va Ozarbayjon quvonçli hamda oğir kunlarda bir-birini qöllab-quvvatlaydigan qardoş davlatlardir.
«Biz quvonçda ham, qayğuda ham bir tanu bir jon bölgan, har qanday qiyinçilikni birgalikda yengib ötadigan ikki qardoş davlatmiz. Örtamizdagi mehr-oqibat, birdamlik va qardoşlikka heç kim soya sola olmaydi», – dedi Turkiya prezidenti.
U Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Şuşa şahridagi uçraşuvini ham eslab, ikki mamlakat munosabatlariga putur yetkazişga qaratilgan urinişlar samarasiz bölişini ta’kidladi.
Erdöğonning fikriça, Turkiya va Ozarbayjonning hamjihatligi ayrim kuçlarni taşvişga solmoqda. Biroq ikki mamlakat örtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar mavjud siyosiy kelişmovçiliklardan ança keng.
Turkiya va Ozarbayjon örtasida nima bölgan?
Sönggi oylarda ikki mamlakat munosabatlarida ayrim kelişmovçiliklar yuzaga kelgani haqida OAV xabar bermoqda.
Xususan, sentabr oyida Ozarbayjonda maktab formasiga oid yangi qoidalar joriy etilgaç, ayrim öquvçi qizlarning darslarga kiritilmagani bahs-munozaralarga sabab bölgan. Erdöğon BMT Boş Assambleyasidagi nutqida mamlakat nomini tilga olmagan holda bunday çeklovlarni tanqid qilgan. Boku esa bu bayonotni öziga qaratilgan tanqid sifatida qabul qilgan.
Oktabr oyida ham ikki mamlakat siyosiy doiralarida özaro keskin bayonotlar yangragan. Jumladan, Ozarbayjon Turkiyaning 31 nafar fuqarosiga mamlakatga kirişni taqiqlagani xabar qilingan.
Şuningdek, Ilhom Aliyev 30-oktabr kuni Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida şaxsan iştirok etmagan. Ozarbayjon delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov rahbarlik qilgan.
Erdöğon sönggi bayonotida munosabatlardagi kelişmovçiliklarni çuqurlaştirişga yöl qöymaslik kerakligini bildirdi. U ikki mamlakat tarixiy aloqalar va umumiy manfaatlarga tayangan holda hamkorlikni davom ettirişini ta’kidladi.
Turkiya prezidenti, şuningdek, dezinformatsiyaga qarşi ehtiyotkor böliş va kelişmovçiliklarni bevosita muloqot orqali hal qiliş muhimligini qayd etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Anqarada Erdöğon bilan uçraşib, ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.