Huawei Pura X Max buklanuvçi smartfonlar orasida yetakçiga aylandi

10-noyabr 2026 11:40 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Huawei Pura X Max buklanuvçi smartfonlar orasida yetakçiga aylandi
Foto: Huawei

Huawei Pura X Max Xitoyda keng formatli buklanuvçi smartfonlar orasida jami sotuvlar böyiça yetakçiga çiqdi. Ice Universe ma’lumotiga köra, model 191 kun içida 1,174 mln donadan ortiq sotilgan.

Bu körsatkiç taqqoslangan boşqa buklanuvçi smartfonlarning jami sotuvlaridan sezilarli darajada yuqori.

Xususan, Apple iPhone Duo sotuvga çiqqanidan keyingi 10 kun içida 264 ming donadan ortiq sotilgan.

Xiaomi 18 Fold 53 kunda 119 ming dona, Samsung Galaxy Z Fold 8 esa 87 kunda 71 ming donadan ortiq sotilgan.

Modellarning bozordagi vaqti turliça

Biroq smartfonlarning sotuv natijalarini töğridan töğri taqqoslaş qiyin. Bunga ularning bozorda turli muddat davomida sotilgani sabab.

Masalan, iPhone Duo atigi 10 kun içida çorak milliondan ortiq sotuv qayd etgan. Huawei Pura X Max esa 1,17 mln donalik natijaga 191 kun içida erişgan.

Şunga qaramay, jami sotuvlar böyiça Huawei modeli hozirça taqqoslangan qurilmalar orasida birinçi örinda turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Huawei Pura 80 va Pura 70 muhim EMUI yangilanişini olgani haqida xabar berilgandi. U tizimdagi zaifliklarni bartaraf etiş va qurilmalarning barqaror işlaşini yaxşilaşga qaratilgan.

Yangilaniş bosqiçma-bosqiç tarqatilmoqda, şu sabab uning mavjudligi hudud va smartfon modeliga qarab farq qilişi mumkin.

Shuningdek