Şavkat Mirziyoyev COP31 iqlim sammitida qatnaşiş uçun Turkiyaga boradi

eʼlon qilindi
Prezident Antaliyadagi sammitda nutq sözlaydi va qator uçraşuvlar ötkazadi
Foto: president.uz /Şavkat Mirziyoyevning 2024-yilgi COP29 konferensiyasidan nutqi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yil 10 – 11-noyabr kunlari BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi – COP31 tadbirlarida qatnaşiş uçun Turkiyaning Antaliya şahrida böladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdöğonning taklifiga binoan amalga oşirilmoqda. Davlat rahbari global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq sözlaydi. Şuningdek, taşrif doirasida qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazişi rejalaştirilgan.

COP31 nimani muhokama qiladi

Foto: president.uz

COP31 Birlaşgan Millatlar Taşkilotining iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi hisoblanadi. Bunday sammitlar har yili ötkaziladi va deyarli barça mamlakatlarni iqlim siyosati böyiça muzokaralar uçun bir joyga töplaydi. Unda davlat va hukumat rahbarlari milliy bayonotlar bilan çiqiş qiladi. Sammit doirasida toza energetikaga ötiş, «yaşil» sanoat, iqlim moliyalaştiruvi, şaharlarning iqlimga çidamliligi va Parij bitimining keyingi bosqiçlari muhokama qilinadi.

Konferensiyaning asosiy vazifalaridan biri global harorat ösişini 1,5 daraja doirasida çeklaş, iqlim özgarişiga eng zaif hududlarning moslaşuviga yordam beriş va atmosferaga issiqxona gazlari çiqarişini kamaytiriş böyiça kelişuvlarni ilgari surişdan iborat.

Özbekiston 1993-yilda BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasiga qöşilgan, 2018-yilda esa Parij bitimi iştirokçisiga aylangan.

Mirziyoyev avval ham COP sammitlarida qatnaşgan

Şavkat Mirziyoyev sönggi yillarda BMTning iqlim sammitlarida muntazam qatnaşib kelmoqda. 2023-yil dekabrda u Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida ötkazilgan COP28 sammitida qatnaşib, yalpi sessiyada nutq sözlagan.

2024-yil noyabrda esa Özbekiston prezidenti Ozarbayjonning Boku şahrida ötkazilgan COP29 konferensiyasida qatnaşdi. U Jahon yetakçilari sammitining yalpi majlisida nutq sözlab, global iqlim özgarişining oqibatlariga qarşi kurashiş böyiça qator taşabbuslarni ilgari surgan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev joriy yil 30-oktabr kuni Anqarada ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida iştirok etgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek