Talimarjon IESning 1,2 mlrd sömlik reklama tanlovi savdosi bekor qilindi

eʼlon qilindi
Raqobat qömitasi savdo jarayonida qonun talablari buzilganini aniqladi
Foto: tpp.uz

«Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ötkazilgan 1,2 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi tanlov savdosi bekor qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ma’lum qildi.

Savdo reklama bannerlari örnatiş uçun ötkazilgan

Savdo korxona hududi va binolariga reklama bannerlari hamda yozuvlar örnatiş işlarini bajaruvçini aniqlash uçun ötkazilgan. Qömitaning Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi kelib tuşgan murojaat asosida tanlov jarayonini «Raqobat töğrisida»gi Qonun talablariga muvofiqligi örganilgan.

Savdoda raqobat çeklangan

Tekşiruv davomida «Talimarjon IES» tomonidan «Raqobat töğrisida»gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani aniqlangan. Xususan, savdolarda raqobatni çeklaydigan yoki bunday oqibatga olib kelişi mumkin bölgan tartib buzilişlariga yöl qöyilgani qayd etilgan. Şundan söng Raqobat qömitasining Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi ötkazgan tekşiruv natijalari asosida tanlov savdosi ixtiyoriy ravişda bekor qilingan.

Raqobat qömitasiga köra, bunday qonunbuzilişlarning oldini oliş davlat mablağlarining şaffof va samarali sarflanişiga, şuningdek, tadbirkorlar uçun teng raqobat şaroitini yaratishga xizmat qiladi.

Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi tomonidan tibbiy jihozlar xaridi uçun ötkazilgan, boşlanğiç narxi 14 mlrd söm bölgan tender bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek