Samarqandlik fermerga gazga 2 mlrd sömlik ortiqça tölov yozilgani ma’lum böldi

eʼlon qilindi
Suriştiruvdan söng gaz böyiça hisob-kitob qayta körib çiqilib, ortiqça tölov bekor qilingan
Foto: depositphotos.com

Samarqand viloyatidagi fermer xöjaligiga tabiiy gaz böyiça hisoblangan qariyb 2 mlrd sömlik ortiqça tölov bekor qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi ma’lum qildi.

Tadbirkorga dastlab 8,81 mlrd söm zarar hisoblangan

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida faoliyat yurituvçi «Abduhakim Omad Parranda» fermer xöjaligi rahbari gaz ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qöşimça tölov yuzasidan inspeksiyaga murojaat qilgan.

Dastlabki hisob-kitobga köra, korxonaning gazdan foydalanişi 3 yillik davr böyiça hisoblanib, 2 mln 670 ming kub metrdan ortiq gaz uçun 8,81 mlrd söm zarar çiqarilgan.

Hisob-kitob qayta körib çiqildi

Inspeksiya murojaatni joyiga çiqqan holda örganib, gaz hisoblagiçining qiyoslovdan ötkazilgan sanasini ham inobatga oliş kerakligini aniqlagan.

Şundan söng hisob-kitob 3 yil uçun emas, 2026-yil 30-yanvardan 10-oktabrgaça – 253 kunlik davr böyiça qayta amalga oşirilgan. Natijada gaz ta’minoti korxonasiga yetkazilgan zarar summasi 1 mlrd 924 mln 375 ming sömga kamaygan. Örganiş yakunida fermer xöjaligiga hisoblangan ortiqça tölov bekor qilingan.

Avvalroq «Özenergoinspeksiya» tekşiruvlari natijasida 199 tadbirkorga elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun jami 15,7 mlrd söm ortiqça hisoblangani aniqlanib, bu mablağlar qayta hisob-kitob qilingani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek