Samsung suriladigan ekranli smartfonni e’lon qildi

eʼlon qilindi
Galaxy Z Slide 2027-yilda çiqişi mumkin
Foto: My mobile

Samsung ekrani yuqoriga suriş orqali kattalaşadigan smartfon dizaynini patentladi. Qurilma odatiy telefon şaklida böladi, biroq korpusining yuqori qismi yuqoriga siljişi natijasida egiluvçan displeyning qöşimça qismi oçiladi. Bu haqda My mobile naşri xabar berdi.

Ekran qanday kattalaşadi

AQŞ Patent va savdo belgilari idorasida US 2026/0333595 A1 raqami bilan e’lon qilingan hujjatda smartfon ikki harakatlanuvçi qismdan iborat ekani körsatilgan. Foydalanuvçi korpusning yuqori qismini yuqoriga surganida, uning içida joylaşgan egiluvçan ekran taşqariga çiqib, displey maydoni kengayadi.

Qurilmaning orqa kamerasi va çaqnoq çiroği ham harakatlanuvçi yuqori qismda joylaşgan. Biroq korpusning pastki qismida maxsus teşik mavjud bölib, telefon yiğilgan holatda ham kameradan foydalaniş mumkin.

Galaxy Z Slide 2027-yilda çiqişi mumkin

Samsunğning suriladigan ekran texnologiyasi böyiça işlari avval ham namoyiş etilgan. Kompaniya 2026-yil mart oyida Mobile World Congress körgazmasida Samsung Display orqali 5,1 dyuymdan 6,7 dyuymgaça kattalaşadigan ekran prototipini körsatgan edi.

OAV xabarlarida yangi qurilma Galaxy Z Slide deb atalişi va 2027-yilda taqdim etilişi mumkinligi aytilmoqda. Ayrim taxminlarga köra, u Galaxy Z Fold 9 va Galaxy Z Fold 9 Ultra bilan birga namoyiş etilişi mumkin.

Biroq Samsung hozirça smartfonning nomi, texnik xususiyatlari va taqdimot sanasini rasman e’lon qilmagan. Patentning mavjudligi ham qurilma albatta ommaviy işlab çiqarişga çiqarilişini anglatmaydi.

Avvalroq Samsung kompaniyasi 2027-yilda yangi Galaxy S27 Pro smartfonining 7-8 mln donasini işlab çiqarişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek