Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qiz zörlandi

eʼlon qilindi
2012-yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Gumonlanuvçi 30-sentabr kuni qamoqqa olingan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Rasmiy munosabatga köra, 2026-yil 28-sentabr kuni Rişton tumanida yaşovçi, 2012-yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan.

Mazkur holat yuzasidan 29-sentabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatgan. Tergov doirasida gumonlanuvçi uşlanib, 30-sentabr kuni unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jabrlanuvçiga psixologik va yuridik yordam körsatilmoqda

Hozirda jinoyat işi böyiça tegişli ekspertizalar tayinlangan, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Voyaga yetmagan jabrlanuvçining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ruhiy holatini tiklaş hamda zarur yordam körsatiş maqsadida unga psixologik va yuridik xizmatlar biriktirilgan.

Şuningdek, holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari nazoratiga olingan.

Avvalroq Olmazor tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik va tan jarohati yetkazilgani yuzasidan tergovga qadar tekşiruv boşlangandi.

Shuningdek