Kredit reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantiriş majburiy böladi

Özbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida qarzni tölamaslik moliyaviy xavflarga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantiriş berilişi şart böladi. Bu 10-noyabr kuni qabul qilingan qonunda belgilandi.
Qonun bilan «Reklama töğrisida»gi Qonunga tegişli özgartirişlar kiritildi. Unga köra, kredit, şu jumladan, mikroqarz xizmatlari reklamasida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xavflarni yuzaga keltirişi mumkinligi haqida ogohlantiriş bölişi kerak.
Mazkur ogohlantiriş reklamaning asosiy maydoni yoki vaqtining kamida 10 foizini taşkil etişi lozim.
Talab kredit va mikroqarz reklamalariga tegişli
Yangi talab banklar va boşqa taşkilotlarning kredit hamda mikroqarz xizmatlarini reklama qilişida qöllanadi.
Özgartirişlardan maqsad iste’molçilarni kredit oliş bilan boğliq moliyaviy xavflar haqida oldindan xabardor qiliş.
Eslatib ötamiz, avvalroq tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning sönggi 10 iş kuni böyiça foiz stavkalari e’lon qilingandi.