Husanov APL 10-turida barça futbolçilardan yaxşiroq körsatkiçga erişdi

eʼlon qilindi
«Manchester Siti» 1:3 hisobida mağlub böldi
Husanov
Mancity.com

Özbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining 10-turida raqib jarima maydoniga eng köp aniq uzatma bergan futbolçi böldi. U «Nottingem Forest»ga qarşi uçraşuvda bunday paslarni 16 marta amalga oşirdi. Bu haqda Squawka naşri xabar berdi.

Uşbu körsatkiç böyiça ikkinçi örinni «Brayton» himoyaçisi Lyuis Dank egalladi. U raqib jarima maydoniga 13 ta aniq uzatma bergan. «Manchester Yunayted» yarim himoyaçisi Bruno Fernandeş va «Chelsi» vakili Romeo Lavia esa 11 tadan pas bilan keyingi örinlarni band etdi.

«Manchester Siti» 1:3 hisobida mağlub böldi

APL 10-turida «Manchester Siti» safarda «Nottingem Forest» mehmoni bölib, 1:3 hisobida mağlubiyatga uçradi. Husanov uçraşuvni töliq ötkazdi. Flaşscore portali özbekistonlik himoyaçining harakatlarini 7,4 ball bilan baholadi. Bu esa «Manchester Siti» tarkibidagi eng yuqori körsatkiç böldi.

Avvalroq Abduqodir Husanov özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğinda iştirok etmasligi haqida xabar berilgandi. Terma jamoaning murabbiylar va tibbiy ştablari himoyaçining holatini inobatga olib, tiklaniş jarayonini davom ettirişi uçun uni yiğindan ozod qilişga qaror qilgan.

Shuningdek