«Men köçaman» deya haydovçini haqorat qilgan YPX inspektori lavozimidan çetlatildi

eʼlon qilindi
YPX
Tortişuv Şahrisabz köçasida yuz bergan
«Men köçaman» deya haydovçini haqorat qilgan YPX inspektori lavozimidan çetlatildi
Ekran tasviri

Toşkent şahrida haydovçi bilan tortişuv vaqtida uni haqorat qilgan YPX inspektori egallab turgan lavozimidan çetlatildi. Holat yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlandi. Bu haqda YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşev ma’lum qildi.

Ma’lumotga köra, hodisa 8-noyabr kuni soat 20:20 atrofida Toşkent şahrining Şahrisabz köçasida sodir bölgan. Haydovçi «harakat töğriga» yöl belgisi talabiga amal qilmay, çapga qayrilgani uçun YPX xodimi tomonidan töxtatilgan.

Özaro muloqot vaqtida tomonlar örtasida tortişuv kelib çiqqan. Şunda ikkinçi safarbarlik guruhi YPX inspektori, kiçik serjant Rahimov fuqaroni haqorat qilgan.

«Men köçaman», — degan inspektor haydovçiga.

YHXX bu munosabat içki işlar organlari xodimlari amal qilişi lozim bölgan odob-axloq qoidalariga zid ekanini qayd etdi.

Xodim lavozimidan çetlatildi

Hozirda Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan hodisa yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Kiçik serjant Rahimov tekşiruv davomida egallab turgan lavozimidan çetlatilgan.

YHXX vakili xodimlarni har qanday vaziyatda fuqarolar manfaatini ustun qöyişga çaqirdi.

«Biz huquq-tartibot tizimi obrösiga salbiy ta’sir körsatuvçi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmasdan, har qanday vaziyatda fuqarolar manfaati uçun xizmat qiladigan öz kasbimizning professionali bölişimiz şart», — dedi Zoyir Yöldoşev.

U, şuningdek, bunday xatti-harakatlar tizim şa’niga putur yetkazişini ta’kidladi.

«Qöştirnoq içidagi ‘köçalar’ga nafaqat bu tizimda, balki köçada ham örin yöq», — dedi YHXX vakili.

Eslatib ötamiz, avvalroq BMW bilan YPX inspektori ölimiga sabab bölgan yigit 2 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek