Toşkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi

Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi. Bojxona qömitasi bunga telefonlarning IMEI identifikatorlarini tekşiriş va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq ayrim masalalarga aniqlik kiritilişi zarurligini sabab qilib körsatdi.
Qömita ma’lumotiga köra, sönggi vaqtlarda mobil qurilmalarni bojxona çegarasidan olib ötişda IMEI kodlarini soxtalaştiriş bilan boğliq holatlar köpaygan.
Jumladan, boşqa qurilmaga tegişli identifikatorlardan foydalaniş yoki bitta telefon ma’lumotlari orqali boşqa qurilmalarni qonuniylaştirişga urinişlar aniqlanmoqda.
2026-yil boşidan buyon «Toşkent-AERO» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi tomonidan 185 ta holatda 8,8 mlrd sömlik 1,2 ming dona mobil aloqa vositasi noqonuniy olib kirilişining oldi olingan.
Rasmiylaştiriş tartibiga aniqlik kiritiladi
Bojxona qömitasining tuşuntirişiça, IMEI-1 va IMEI-2 kodlari aynan bitta qurilmaga tegişli ekanini hamda uşbu kodlar böyiça avval tarmoq hodisasi qayd etilganini aniqlaş maxsus bilim talab qiladi.
Şu sababli Toşkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi ayrim masalalar aniqlaştirilguniga qadar vaqtinça töxtatilgan.
Tegişli idoralar bilan birgalikda IMEI identifikatorlarini tekşiriş va qurilmalarni rasmiylaştiriş tartibiga aniqlik kiritiş böyiça çoralar belgilanmoqda.
Qömita vaziyatga qisqa muddatlarda aniqlik kiritilişi va bojxona rasmiylaştiruvi belgilangan tartibda davom ettirilişini ma’lum qildi.
Mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvida korrupsiya holatlariga duç kelgan yoki uşbu masala böyiça savollari bölgan fuqarolar Bojxona qömitasining tun-u kun işlaydigan 11-08 qisqa raqamiga murojaat qilişi mumkin.
Özi nima bölgan
Ma’lum qilinişiça, 6-noyabrdan boşlab Özbekistonga mobil qurilmalarni olib kiriş va ularning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş ustidan nazorat kuçaytirilgan. Ayrim telefonlar qöşimça ekspertizaga yuborilmoqda. Tekşiruv jarayoni 30 kungaça davom etişi mumkin.
Foydalanuvçilarning aytişiça, tekşiruv vaqtida smartfonlar aeroportda olib qolinişi mumkin. Şu bilan birga, qurilmani bir kun içida rasmiylaştiriş imkoniyati ham taklif etilmoqda, biroq buning uçun yuqoriroq tölov talab qilinayotgani bildirilgan.
Xususan, iPhone 18 Pro Max smartfonini rasmiylaştiriş uçun avval taxminan $150 tölangan bölsa, hozir foydalanuvçilarga şu summa evaziga 30 kungaça kutiş yoki bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qariyb $450 tölaş variantlari taklif etilayotgani aytilmoqda. Boşqa modellarda tezlaştirilgan rasmiylaştiriş narxi $400 dan $1 100 gaça yetişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida qiymati qariyb 310 mln söm bölgan 20 ta sönggi rusumdagi iPhone’ni noqonuniy olib kirişga uriniş aniqlangandi.