Özbekiston bozoriga yangi taksi xizmati kirib kelmoqda

Xitoy kompaniyalaridan biri Özbekiston taksi bozoriga kirib kelişni rejalaştirmoqda. Mazkur kompaniyaning nomi hozirça rasman oçiqlanmagan. Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov Kursiv Uzbekistan’ga loyiha haqiqatan ham rejalaştirilayotganini tasdiqladi.
Avtomobillar Xitoydan, haydovçilar esa mahalliy böladi
Navröz Aşurmatov Xitoy kompaniyasi taksi bozoriga kirayotgani haqiqat ekanini maʼlum qildi.
«Qonunçilikda belgilangan tartibga köra, kompaniya öz avtomobillari bilan kirib keladi, ammo haydovçilari bilan emas. Çunki Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga köra, Özbekistonda yönalişsiz taksi bozorida faqat Özbekiston Respublikasi fuqarolari xizmat körsatişi mumkin», — dedi Aşurmatov.
Vazirlik vakilining aytişicha, kompaniya Özbekistonga öz avtomobillarini olib keladi, biroq xorijlik haydovçilar bilan işlamaydi.

Amaldagi tartibga köra, yönalişsiz taksi haydovçisi faqat Özbekiston fuqarosi bölişi mumkin. Şuningdek, u kamida 21 yoşda, «B» toifali haydovçilik guvohnomasiga va kamida 3 yillik haydovçilik tajribasiga ega bölişi, tibbiy körikdan ötişi kerak.
«Avtomobillar soni ma’lum emas»
Vazirlik matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov kompaniya qança miqdorda avtomobil bilan bozorga kirib kelişi hali noma’lum ekanligini aytdi
«Kompaniya 5 mingta avtomobil bilan bozorga kirib keladimi yoki 7 mingta avtomobil — bu hali aniq emas», — dedi u.
Gap «DiDi Taxi» MÇJ haqida ketayotgani hozirça tasdiqlanmagan

Oçiq ma’lumotlarda 2025-yil dekabrda Özbekistonda «DiDi Taxi» MÇJ röyxatdan ötkazilgani körsatilgan. Biroq Transport vazirligi aynan şu kompaniya bozorga kirayotganini tasdiqlamadi. Hozirça yangi kompaniyaning Özbekistonda qachondan iş boşlaşi, avtomobillar qaysi marka va modellardan iborat bölişi hamda haydovçilar bilan işlaş şartlari oçiqlanmagan.
Ma’lumot örnida, DiDi Xitoyning yirik taksi agregatorlaridan biri bölib, mamlakatdan taşqari yana 14 ta davlatda faoliyat yuritadi. Uning xalqaro biznesi asosan Lotin Amerikasi va Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga töğri keladi.
Avvalroq 2027-yil 6-yanvardan haydovçilar jarimalari böyiça yangi tartib kuçga kirayotgani haqida xabar berilgan edi.