Özbekistonda Orolböyi uçun investitsiya dasturi tuziladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qöşma loyihalar portfeli $200 mln dan oşdi
gigant qamish
Foto: Rasul Kusherbayev

Özbekistonda Orolböyini ekologik tiklaş va «yaşil» şaharlarni rivojlantirişga qaratilgan yirik investitsiya dasturini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Bu masala Şavkat Mirziyoyevning Yaşil iqlim fondi ijroçi direktori Mafalda Duerte bilan uçraşuvida muhokama qilindi.

Uçraşuv Antaliya şahriga amaliy taşrif doirasida bölib ötdi. Tomonlar iqlim özgarişiga moslaşiş, iqlim moliyasi mablağlarini jalb qiliş hamda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini körib çiqdi.

Xususan, Özbekistonda Orolböyini ekologik jihatdan tiklaş va «yaşil» şaharlarni rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli investitsiya dasturini şakllantiriş muhimligi ta’kidlandi.

Qöşma loyihalar portfeli $200 mln dan oşdi

Özbekiston va Yaşil iqlim fondi örtasidagi qöşma loyihalar portfeli hozirda $200 mln dan oşgan.

Şuningdek, Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlarni yaratiş böyiça mintaqaviy dastur ma’qullangani qayd etildi.

Uçraşuvda Özbekiston moliya institutlariga Yaşil iqlim fondi resurslaridan töğridan töğri foydalaniş imkoniyatini yaratiş masalasi ham muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlaş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga kelişib oldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Orolböyida 670 dan ortiq yörğa tuvaloqlar tabiatga qöyib yuborilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek