«Mançester Siti»ga Husanov böyiça tavsiya berildi

Angliyaning Manchester Evening News naşri «Mançester Siti» boş murabbiyi Enso Mareskaga Abduqodir Husanovni markaziy himoyada köproq maydonga tuşirişni tavsiya qildi. Naşr tahlilçilarining fikriça, özbekistonlik futbolçi aynan şu pozitsiyada jamoaga köproq foyda keltirişi mumkin.
Husanov markaziy himoyada samaraliroq öynamoqda
Naşrning ta’kidlaşiça, Husanov joriy mavsumda Mareska eng köp işonç bildirayotgan futbolçilardan biriga aylangan. Garçi uning asosiy tarkibdagi örni kafolatlanmagan bölsa-da, murabbiy özbekistonlik himoyaçidan maydonning turli nuqtalarida foydalanmoqda.
Husanovning bir neçta pozitsiyada öynay olişi «Mançester Siti»ning yozgi transferlar vaqtida yangi öng qanot himoyaçisini sotib olmasligiga ham ta’sir körsatgan. Klub uni zarurat tuğilganda Mateuş Nuneşning örnini bosadigan futbolçi sifatida körgan.
Biroq mavsumning dastlabki oylarida Husanov markaziy himoyada özini yaxşiroq namoyon qilgan. Xususan, öng qanotda öynaganida hujumlarga qöşiliş va raqib maydonining oldingi qismida töp bilan harakatlanişda ayrim qiyinçiliklarga duç kelgan.
7-noyabr kuni «Nottingem Forest»ga qarşi uçraşuvda ham Husanov markaziy himoyaga ötkazilganidan keyin ança işonçli harakat qilgani qayd etilgan.
Manchester Evening News tahlilçilariga köra, hozirça jamoaning asosiy markaziy himoyaçilari Mark Gexi va Ruben Diaş hisoblanadi. Biroq ular birgalikda asosiy tarkibda boşlagan sönggi törtta uçraşuvning uçtasida futbolçilardan biri tanaffusdayoq almaştirilgan.
Şu sababli naşr Husanovni markaziy himoyada uzoq muddatli istiqbol uçun munosib nomzod deb hisoblamoqda. Tahlilçilarning fikriça, futbolçidan aynan şu pozitsiyada foydalaniş «Mançester Siti» uçun samaraliroq böladi.
2026/2027-yilgi mavsumda Husanov «Mançester Siti» safida barça musobaqalarda 14 ta uçraşuvda iştirok etgan. Hozirça uning hisobida gol yoki golli uzatma yöq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov «Tottenxem»ga qarşi uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga tuşib, töliq öyin ötkazgani haqida xabar bergan edi.