Yandex ML School Uzbekistan sun’iy intellekt sohasidagi bölajak mutaxassislarning ikkinçi oqimini tayyorlaşni boşladi

Özbekistonda maşinali örganiş sohasida mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan Yandex ML School ta’lim dasturining ikkinçi oqimi uçun öqiş boşlandi. Bu yil dasturda iştirok etiş uçun 2000 dan ortiq arizalar kelib tuşdi. Tanlov natijalariga köra, 31 nafar nomzod öqişga qabul qilindi. Ta’lim bepul bölib, ikki semestr davom etadi. Dasturni tugatgan talabalar maşinali örganiş usullarini Özbekistonning texnologik sektori va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi amaliy masalalarni hal etişda qöllay oladi. Birinçi oqim bitiruvçilari esa mamlakatdagi texnologik va moliya kompaniyalarida işlamoqda.
Dastur matematika, maşinali örganiş va ma’lumotlar tahlili böyiça bilimlarini çuqurlaştiriş hamda ularni amaliy yoki ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etişda qöllaşni istagan talabalar va mutaxassislar uçun möljallangan. 2026 yilda ötgan yildan farqli ravişda, nomzodlarni saralaş uç bosqiçda ötkazildi: onlayn test va suhbatdan taşqari, matematika hamda dasturlaş böyiça bevosita imtihon ham taşkil etildi.

Yandex ML School Uzbekistan tanlovidan muvaffaqiyatli ötgan talabalarning ayrimlari ma’lumotlar tahlili va maşinali örganiş usullaridan allaqaçon öz iş faoliyatida foydalanmoqda. Jumladan, mahsulotlar tahlili va biznes vazifalarini hal etişda uşbu texnologiyalarni qöllaşmoqda. Boşqalar esa maşinali örganişni özlari uçun yangi bölgan yönalişlarda – biznes uçun ilovalar, elektronika, amaliy fanlar, xususan, fizika, muhandislik va tibbiyot sohalarida qöllaşni örganişni rejalaştirgan.

Masalan, talabalardan biri apparat ta’minoti böyiça muhandis – maşinali örganiş texnologiyalarini energetika sohasida qöllaşni va Edge AI yönalişini özlaştirişni maqsad qilgan. Bu yondaşuvda sun’iy intellekt modellari masofadagi serverlarda emas, balki mikrokontrollerlar kabi qurilmalarning özida işlaydi. Köplab talabalar esa kelajakda sun’iy intellekt sohasidagi akademik va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan şuğullanişni rejalaştirmoqda.
Yandex ML School Uzbekistan öquv dasturi Yandex Ma’lumotlar tahlili maktabi (ŞAD) ekspertlari tomonidan maşinali örganiş va matematika sohasidagi öqituvçilar hamda mutaxassislar bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Dastur matematika, statistika va algoritmlar böyiça fundamental bilimlarni maşinali örganiş usullari hamda ularni amaliyotda qöllaşni örganiş bilan uyğunlaştiradi. Maşğulotlar ingliz tilida olib boriladi. Bu iştirokçilarga xalqaro ta’lim materiallari va kasbiy terminologiya bilan işlaş imkonini beradi.

Dastur davomida talabalar amaliy loyihalar, kasbiy tanlovlar va vorkşoplarda iştirok etadi, şuningdek, öqituvçilar va mentorlardan öz işlari böyiça fikr-mulohaza olib boradi. Bunday yondaşuv ularga maşinali örganişning nazariy asoslarini özlaştiriş bilan birga, uşbu texnologiyalar asosidagi yeçimlarni işlab çiqiş va baholaş böyiça amaliy tajriba orttirişga ham yordam beradi.

«Maşinali örganiş nafaqat texnologik sektor, balki Özbekiston iqtisodiyoti va ilm-fani rivojida ham muhim vositaga aylanişi mumkin. Uşbu texnologiyalarni qöllaş jarayonlar samaradorligini oşiriş, ma’lumotlarni yanada aniq tahlil qiliş va turli sohalarda yangi yeçimlar yaratiş imkonini beradi. Xususan, maşinali örganiş Özbekiston ehtiyojlariga moslaştirilgan öz katta til modellarimizni işlab çiqiş va sun’iy intellekt sohasida mamlakatning texnologik mustaqilligini mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkin. Dasturimiz doirasida talabalar maşinali örganiş nazariyasini, jumladan, katta til modellarining işlaş tamoyillarini çuqur örganadi, şuningdek, ML modellarini işlab çiqiş, öqitiş va amaliyotda qöllaşni özlaştiradi», – deydi Yandex ML School Uzbekistan akademik rahbari Mahmud Sodiqov.